Qonuniy chora-tadbirlar. Tug'ilishni tartibga soiishning huquqiy sohasiga quyidagi masalalar kiradi:
nikohga kirishning minimal yoshini belgilashdagi nikoh-oilaviy huquq, ajralish huquqi, nikohda va nikoh bekorqilingandan so'ng tug'ilgan farzandlar uchun ota-onalarning mas'ulligi;
abort, kontratseptsiya va sterilizatsiyani amalga oshirish huquqini qonuniy tartibga solish.
Qonuniy chora-tadbirlami mamlakatlararo qiyoslash juda murakkab, sababi huquqiy dalolatnoma, oila kodeksi va shunga o'xshash qonun hujjatlarini qabul qilish yoki bekor qilinishi aksariyat mamlakatdagi tarixiy an'analar, diniy qarashlar, milliy mentalitet, shuningdek, o'tmishdagi demografik siyosat tajribalari natijalarining tahlillari asosida amalga oshiriladi.
Nikoh-oila qonunchiligi va nikohdagi xulq tipini tartibga solish masalasida O'zbekiston yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan tubdan farq qiladi. Gap shundaki, bu mamlakatlarning barchasida nikohning Yevropa tipi, ya'ni kech nikohga kirish, nikohsizlik darajasining yuqoriligi, nikohdan oldin norasmiy birgalikda yashashning keng tarqalganligi, aksariyat farzandlarning norasmiy nikohda tug'ilishi ustun turadi.
O'zbekistonda birinchi nikohga kirishning o'rtacha yoshi Yevropa standartlariga ko'ra past (ayollar uchun — 17, erkakiar uchun — 18 yosh) va voyaga etgandan so'ng darhol tuzilgan nikohlar sonining ko'pligi holatida nikohga kirish minimal yoshining o'zgarishi, reproduktiv natijalarning taqdiriga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Abortlar, kontrasepsiya, sterilizatsiya masalasidagi qonunchilik barcha mamlakadarda o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, tarixiy jihatdan oila va shaxsning bu masalada mustaqil qaror qabul qilishini ta'qiqlashdan tortib to to'la hajmU tolerantlikkacha rivojlangan. Hozirgi kunda bor yo'g'i sanoqli mamlakatlargina (Irlandiya, Portugaliya, Malta) abortlarning legalizatsiyasiga qarshi keskin pozitsiyani egallab turibdi. O'z navbatida, qonunni kuchaytirishga qaratilgan har qanday urinishlar jamoatchilik fikrining qat'iy qarshiliga duchor bo'lmoqda.
Abortlar haqidagi qonunchilik tarixi 1810-yildan, ya'ni Frantsiyada Napaleon kodeksi qabul qilingan davrdan boshlangan. Chamasi, abortlar masalasiga e'tibor bundan ancha ilgari qo'llanilib kelgan, biroq aynan hozirgi davrga kelib davlat siyosatining predmeti tarzida shakllandi. Abort qotillikka tenglash-tirilib, uning ishtirokchilari jiddiyjazolangan, bu huquqiy me'yor-lar Frantsiyada 1975-yilga qadar saqlanib kelgan va butun o'tgan davr mobaynida nafaqat ulkanjari malar, balki qamoq jazosi ham tayinlangan. Ko'pchilik mutaxassislar fikriga ko'ra, bunday chora-tadbirlar qo'yilgan maqsadga, ya'ni tug'ilish darajasini oshirishga xizmat qilmasdan kriminal abortlar sonining oshishiga olib keladi. Abort masalasidagi qonunchilikni ommaviy liberalashtirish 1960-yillardan boshlanib, 1970-yillarning o'rtalarida abortni butunlay ta'qiqlagan mamlakatiar deyarli qolmadi.