Iqtisodiy chora-tadbirlar. Demografiksiyosatning ushbuguruh choralari juda xilma-xildir. Ularda farzandli oilalarga nafaqa ajratishdan tashqari, farzandlari bor yoki farzand ko'rgan oilalarga (ota-onalarga) turli imtiyozlar berishni nazarda tutadi. Shu o'rinda oilalarga ajratilgan nafaqa uchun sarflanadigan mablag'larga nisbatan, farzandli oilalardagi moddiy diskriminatsiyani bartaraf etishga qaratilgan, ijtimoiy siyosat sohasiga tegishli imtiyozlarni berishga ko'proq mablag' sarflanadi. Shu usul bilan investitsiyalar ustidan maksimal davlat nazorati o'rnatiladi.
Tug'ilishni iqtisodiy rag'batlantirishning turli mamlakatlardagi tajribasi asosida eng keng tarqalgan yo'nalishlar quyidagilardir:
1. Farzandli oilalarga beriladigan nafaqalar.
oyma-oy beriladigan nafaqa yoki oiladagi farzandlarning soni, tug'ilish ketma-ketligi va oilaning umumiy daromadiga qarab belgilanadigan nafaqa;
farzand tug'ilishi munosabati bilan bir martalik beriladigan nafaqa;
homiladorlik va tug'ruqda qisman yoki to'liq haq to'Ianadigan ta'til;
homilador ayollar, tuqqan ayollar hamda yangi tug'ilgan chaqaloqlarsalomatligini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar.
2. Ishlovchi ota-onalar uchun beriladigan soliq imtiyozlari
hamda ularga uy-joy uchun ajratiladigan kreditlar va subsidiyalar.
Oyma-oy to'Ianadigan yoki oilaga belgilanadigan nafaqalar.Ushbu nafaqa turi eng keng tarqalgan bo'lib, mamlakatlarda nafaqaning bu turini belgilash tartibi turlicha. Masalan, Avstriya va Daniyada nafaqa barcha farzandli oilalarga oilaning daromadidan qat'iy nazar tayinlanadi, Frantsiya va Germaniyada nafaqaning miqdori oilaning daromadi va farzandlar soniga bog'Iiq. Buyuk Britaniyada oiladagi farzandlar sonidan qat'iy nazar faqatgina kam daromadli oilalar nafaqa olish huquqiga ega. Italiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda oila daromadining yuqori chegarasi belgilangan bo'lib, shu miqdordan ortiq daromad oluvchi oilalarga nafaqa berilmaydi.
Oyma-oy to'Ianadigan nafaqa miqdori oiladagi farzandlar sonining oshishi bilan ortib boradi, sababi ko'pchilik mamlakatlarda
siyosatning ushbu yo'nalishi oiiada farzandlar tug'ilishi, ularni tarbiyalash va ma'Iumot berish bo'yicha xarajatlami maksimal darajada kompensatsiya qilish davlatning burchi ekanligini nazarda totadi.
Nafaqa olishning yuqori chegarasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lib, u 16-18 yoshgacha belgilangan. Ko'pchilik mamlakatlarda nafaqa yoshining kattalashishi bolaning ma'Iumot olishi bilan bog'liq (Germaniya, Niderlandiyada 27 yoshgacha). Eng ko'p miqdordagi oilaviy nafaqalar Belgiyada belgilangan (o'rtacha oylik maoshning 70 foizigacha). Biroq, bunda ko'proq oiladagi farzandlar soni emas, oilaning moddiy ta'minlanganlik darajasi hisobga olinadi. Oilaga beriladigan nafaqalami moliyalashtirish har doim ham budjet mablag'lari hisobiga amalga oshirilmaydi. Masalan, Avstriyada oilaviy nafaqalar markazlashtirilgan holda yagona kompensatsion jamg'arma hisobidan to'lanadi. Jamg'arma mablag'lari quyidagi manbalardan shakllanadi:
Tadbirkorlar to'lovlari;
Davlat va mahalliy budjetdan ajratmalar;
3. Hududlardagi aholining soniga mutanosib ravishdagi
to'lovlar.
Beigiyada nafaqalar milliy ijtimoiy himoya boshqaruvi tomo-nidan amalga oshiriladi. Boshqaruvjamg'armalari tadbirkorlardan tushgan to'lovlar asosida shakllanadi. Italiya va Lyuksemburgda oilaviy nafaqalar ijtimoiy sug'urta jamg'armalari hisobiga moliya-lashtiriladi.
O'zbekistonda voyaga yetmagan bolalari bo'lgan oilalarga oyma-oy to'lanadigan nafaqa 16 yoshgacha (umumta'lim maktab-larida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotganlarga 18 yoshgacha) bolalari bo'lgan oilalarga tayinlanadi va to'lanadi. Nafaqa ota-onalardan birining shaxsiy arizasi asosida 6 oy muddatga tayinlanadi va to'lanadi, ushbu muddat tugagach, arizachi yangi muddatga nafaqa to'lasiini davom ettirish to'g'risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Oilaga nafaqa:
• bir bolali oilalar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida:
to'rt va undan ko'p bolali oilalar uchun — 175 foizi miqdorida beigilanadi.
Agar belgilangan tartibda nafaqa belgilangan davr mobaynida eng kam oylik ish haqi miqdori o'zgarsa, nafaqa miqdori eng kam oylik ish haqi miqdori o'zgargan oydan boshlab tegishli ravishda ko'payadi.
Respublikada quyidagi voyaga yetmagan bolalari bo'lgan oilalar nafaqalar olishda imtiyozli huquqqa ega:
nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;
ota-onaning ikkalasi ham bo'lmagan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlari shug'ullanishadigan oilalar;
bolalarning ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo'lgan oilalar:
ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo'lgan, mehnat organida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan oilalar.
O'zbekistonda oyma-oy to'lanadigan nafaqalarning to'g'ri hisoblanishini, o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning joylardagv organlari tomonidan amalga oshiriladi.