13.2. Tug'ilish va oila sohasidagi demografik siyosat Bugungi kunda dunyoda aholi sonining yuqori sur'atda o'sib borishi yoki kamayishi muammosidan tashvishga tushib, tug'ilish darajasini tartibga solishga harakat qilmayotgan deyarli birorta davlat qolmadi. Tug'ilishni tartibga solishga urinayotgan barcha mamlakatlar diametral qarama-qarshi maqsadlari va qiziqishlari bilan farqlanuvchi ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda demografik o'tish hali tugallanmagan va tug'ilish darajasi nisbatan yuqori bo'lib, ularni asosan aholining o'sish sur'atlarini kamaytirish va shu yoi bilan mamlakat iqtiso-diyoti va resurslariga bo'lgan demografik bosimii pasaytirish masalasi tashvishga soladi. Ushbu masalada eng faol pozitsiyani aholisi soni jihatidan eng ko'p hisoblangan Xitoy va Hindiston mamlakatlari egallaydi. Bu mamlakatlar turli xil, jumladan, regressiv chora-tadbirlarni amalga oshirish yo'Ii bilan aholini keskin o'sishini to'xtatishga urinmoqdalar. Ikkinchi guruhga esa sanoati yuksak darajada rivojlangan biroq tug'ilish hatto avlodlar almashinuvini ham ta'minlab beraolmaydigan, ko'pincha depopulyatsiyaga olib keladigan darajada past bo'lgan mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarning barchasi ham depopulyatsiya muammosining kelib chiqish vaqti, uning davomiyligi, tarixiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sabablariga ko'ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Buning hisobiga bu mamlakatlarda qator muhim
masalalar bo'yicha yaqqol differentsiatsiya namoyon bo'Iadi. Tug'ilish darajasi va tipi o'xshash bo'lgan mamlakatlarda demografik siyosatni o'tkazish yoki aksincha, uni rad etish haqida qaror qabu! qilinishining sabablari orasidan quyidagilarni ajratish mum kin: tug'ilishning haqiqiy darajasi, uning tendentsiyalari va aholi soni dinamikasini baholash, ulkan kataklizmalar (birinchi navbatda, urushlar) natijasida aholi orasidagi yo'qotishlar, strategik (iqtisodiy, geosiyosiy, siyosiy-ma'naviy) rejadagi muammolarni yechish zaruriyati. Bu sabablarning birlashishi ba'zi mamlakatlarda ziddiyatlidir. Shu ma'noda tug'ilish sohasida demografik siyosatni olib borish zaruriyatini ochiqdan ochiq rad qiluvchi ikkita mamlakat — AQSH va Buyuk Britaniya alohida qiziqish uyg'otadi. Bu mamlakatlardagi tug'ilish darajasi, hatto aholining takrorbarpo etilishini ham ta'minlay olmasligiga qaramay, har ikkala mamlakat ham o'zlaridagi tug'ilish darajasini ichki va tashqi qarashlar hamda ehtiyojlarni qonuniylashtirish uchun yetarli, deb'hisoblashadi. Ikkala mamlakatda ham «farzandlarning tug'ilishi, oila va inson-ning shaxsiy ishi, aholining o'sishi esa davlatga iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy foyda keltirmaydi», degan fikr ilgari suriladi. AQSH va Buyuk Britaniyadan tashqari Italiya, Irlandiya va bir necha boshqa mamlakatlar tug'ilish darajasiga ta'sir etuvchi choralarni ishlab chiqish borasida o'rtacha pozitsiyani egallamoqda. Bu mamlakatlar farzandlar tug'ilishini tartibga solishni ma'naviy va etnik me'yorlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi hamda bu masalada katta miqyosda hech qanday siyosat olib borilmaydi. Bu mamlakatlarning hukumati hamda jamoatchilikning nikoh-oila munosabatlari, shuningdek, abort va kontratseptsiya masalalarida konservativ fikr bildiriladi.
Hududi, aholisining soni, iqtisodiy rivojlanish darajasi va boshqa belgilari jihatidan xilma-xil bo'lgan bu mamlakadarni ikkita holat birlashtiradi. Birinchidan, bu mamlakatlardan birortasi ham XX asr davomida ulkan insoniy yo'qotishlarni boshdan kechirmagan, ikkinchidan, demografik o'sish zarurati bilan bevosita bog'Uq bo'lgan strategik (birinchi navbatda, geosiyosiy va iqtisodiy) qarashlar mayjud emas.
XX asrdan boshlab Frantsiya, Belgiya va Germaniyada demografik siyosatga butunlay o'zgacha qarashlar mavjud edi. Bu mamlakatlar XIX asrning oxiridan XX asrning boshiga qadar sodir boigan ketma-ket urushJar oqibatida kattagina yo'qotishlami boshdan kechirdi, iqtisodiy muvozanat buzildi va uni tiklash avj olib borayotgan depopulyatsiya sharoitida juda mushkul bo'ldi. Shu bilan birga, bu mamlakatlar Yevropadagi geosiyosiy tenglikni saqlash zaruriyatiga suyangan holda o'zining demografik salo-hiyatini qayta tiklashiga harakat qildilar. Aslida Frantsiyada 1870-yildan 1910-yilgacha bo'lgan butun davr mobaynida pronatalistik kayfiyat hukm surib keldi.
Turli mamlakatlardagi farzandli oilalarga beriladigan yordam choralarini tahiil qilish, ularni to'rt guruhga ajratish imkonini beradi:
Qonuniy choralar;
Farzandli oilalardagi moddiy qiyinchiliklarni kamaytirishga va talab qilinayotgan reproduktiv xulq evaziga shakllangan mukofotlarni taqdim etishga qaratilgan iqtisodiy choralar;
Ayollar bandligi va onalikka xalaqit beruvchi qarama-qarshiliklarni yengishga qaratilgan huquqiy va iqtisodiy chora-tadbirlar;
Olib borilayotgan siyosat vauning maqsadlarigajamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ruhiy ta'sir choralari.