O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə106/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

13-bob. DEMOGRAFIK SIYOSAT
13.1. Demografik siyosatning mazmuni va uni o'tkazish uslublari
Demografik siyosat deganda, hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun aholining takror barpo bo'lishi va dina-mikasi sohasida muayyan birsifat va miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimi tushuniladi.
Demografik siyosatni o'tkazish quyidagi shart-sharoitlarga rioya qilishni talab etadi:

  • siyosatning maqsadini tavsiflovchi vazifa va vaqtini belgilovchi konsepsiyaning mavjudligi;

  • qabul qilingan konsepsiya doirasida siyosatning barcha tadbirlarini moliyalashtirishga sarflanishi zarur bo'lgan resurslar;

  • o'tkazilayotgan siyosatning asosiy strategik fikrlarini qoilovchi o'zaro mutanosib fikrlar.

Aytish joizki, demografik siyosatni o'tkazish uchun iqtisodiy, ma'muriy-huquqiy va ijtimoiy-psixologik uslubJirdan foyda-laniiadi.
Iqtisodiy uslub asosan tug'ilish darajasi ahoii ko'payishini ta'minlay olmagan hollarda qo'llaniiadi. Bu uslubda davlat tomonidan homilador ayollarga farzand ko'rgandan keyin va farzandi 2-3 yoshga to'lnunga qadar maxsus nafaqalar ajratiladi hamda turli imtiyozlar beriladi.
Ma'muriy-huquqiy uslubda aholining takror barpo bo'lishiga qonun hujjatlari orqali ta'sir ko'rsatiladi. Masalan, bu uslub* abortlarni qonun yo'h bilan ta'qiqlash, nikohga kirish yoshini ko'tarish, aholining migratsion harakatini cheklash yoki rivojlantirish, er-xotin ajrashganda ona va bola huquqlarini himoya qilish, homilador ayolni ishga qabul qilishda yoki bo'shatishda
ularning huquqlarini himovasi va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Demografik siyosat o'tkazishning ijtimoiy-psixologik uslubi aholini «demografik tarbiyalash» deb ham ataladi. Aholini demo­grafik tarbiyalash orqali yosh avlodning oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar sonjga bo'lgan munosabatini davlat ijiimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, ahoii salomatligiga mos ravishda shakllantiriladi. Bunda oila asosiy tarbiya o'chog'i hisoblanadi. Shuning uchun ham ota-onalarning «demografik savodxonligi»ga katta e'tibor beriladi. Demografik tarbiyaning yana bir muhim o'chog'i omma-viy axborot vositalari orqali aholining demografik mayliga ta'sir o'tkazish hisoblanadi.
Demografik siyosatning istalgan strategiyasi doirasida davlat o'zining ijtimoiyjarayonlarini boshqarish huquqini amalga oshiradi. Shu Man bir vaqtda, davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosatning maqsad va vazifalari oqimida borayotgan aholi qismining xarajatlarini qoplash ham davlat zimmasida bo'ladi. Bunday siyosat turli ijtimoiy-demografik guruhlar, hududiy va etnik jamoalarning hayotiy qiziqishlari va qadriyatlariga mos ravishda maksimal differentsiallashgan bo'lishi lozim. Shundagina demografik dasturning u yoki bu jihatiga qiziquvchilaming soni kamayib, dasturlarni amalga oshirish xarajatlarining samaradorligi oshishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, siyosatchilar tug'ilish darajasining kamayishi bilan bog'liq bo'lgan demografik rivojlanishning salbiy tendentsiyalariga qaramay, demografik siyosatni olib borishda to'g'ri chiziqli qarorlarni qabul qilish, ya'ni konkret tor doiradagi demografik maqsadlarni ilgari surishni xohlaydi. Bunda ijtimoiy rivojlanishning global dasturlarida demografik yoki an'anaviy integratsiya siyosatiga ahamiyat beriladi. Demografik dasturlarga nisbatan bunday ehtiyotkorona munosabatalarni shakllantiruvchi asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

  • ong va xulqning individuallashuvi davlatning bu yo'nalishdagi har qanday harakatlarini ommalashtirmaydi;

  • demografik investitsiyalar tez va muhim ijobiy natijalarga erishish imkonini bermasligi sababli davlat arboblarining siyosiy imidjini oshirmaydi;

• demografik dasturlar xarajatlami talab etadi. Masalan, bir rnarta erishilgan tug'ilish va o'lim darajasini bir maromda ushlab turish uchun ketadigan xarajatlar vaqt o'tishi bilan rasmiy ravishda oshirilib borishi lozim. Buning hisobiga demografik dasturlar, umuman jamiyatga foyda keltirmaydigandek bo'lib ko'rinadi. Bundan tashqari, aholi taklif qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga tezda moslashib, keyinchalik ularga e'tibor qilmay qo'yadi.
Shunday qilib, demografik siyosat aholi siyosatining uzviy qismi hisoblanib, u orqali kutilgan, istalgan aholining takror barpo bo'lish turiga erishish mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin