O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Farzand tug'ilishi munosabati bilan beriladigan bir martalik



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə110/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Farzand tug'ilishi munosabati bilan beriladigan bir martalik nafaqa. Nafaqaning bu turi oyma oy beriladigan nafaqalarga nis-batan kamroq tarqalgan.
O'zbekistonda bola tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa eng kam oyiik ish haqining ikki baravari miqdorida beriJadi. Jsh haqiga koeffitsient qo'llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda beigilanadi. Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ayollarga bola tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o'qish joyidan to'Ianadi. Tshlamaydigan va o'qimaydigan ota-onalarga bola tug'ilganda beriladigan nafaqa ijtimoiy ta'minot bo'limlari tomonidan tayinlanadi va to'Ianadi. Agar ayol homiladorlik bo'yicha ta'til davrida ishdan bo'shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa olgan bo'lsa,
bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o'lik tug'ilgan hollarda nafaqa to'lanmaydi.
Shunday qilib, boig'usi farzand xususida davlatning olib boradigan siyosati ikki qismdan iborat bo'ladi. Bir tomondan homiladorlik va tug'ruqning sog'lom kechishi uchun barcha sharoitlarni yaratsa (homiladorlarni tekshirish, tug'ruqqacha va tug'ruqdan kcyingi ta'til, homiladorlarning ish o'rinlarini saqlab qolish va h.k), ikkinchi tomondan, davlat qaysidir ma'noda tug'ilgan farzandlarni boqish, tarbiyalash va ularga ma'lumot berishda ishtirok etadi, aslida farzandning tug'ilishi va vaqtini uning ota-onasi belgilaydi va uni ta'minlash asosan ularning vazifasidir. Umuman olganda, ir martalik nafaqalar bilan ta'­minlash tamoyili pronatalistik siyosatning boshqa chora-tadbir-larga qaraganda ancha differentsiallashgan hamda ko'p darajada ijtimoiy manzil tavsifiga ega bo'lib, oilaning daromadlari va ijtimoiy maqomiga bevosita bog'liq.
Homiladorlik va tug'ruq bo'yicha ta'til hamda uni to'lash tartibi. Mamlakatlar bo'yicha homiladorlik va tug'ruq uchun ta'til berish tartibi turlicha bo'lib, undagi asosiy farqlar davlat va xususiy sektorda ishlovchi ayollar orasida kuzatiladi. Ularga beriladigan ta'til davomiyligi to'lovning miqdorlari va moliyalash mablag'lari bir biridan farq qiladi. Odatda, davlat sektorida ishlovchi ayollarga uzoqroq davom etuvchi ta'til va katta o'lchamdagi kompensa-tsiyalar beriladi.
Bunday hollarda ta'tilga haq to'lash yoki to'liq davlat budjeti mablag'lari hisobiga yoki kompensatsiyalashgan shaklda (ijtimoiy va tibbiy sug'urta budjeti va jamg'armalari) amalga oshiriladi. Xususiy sektorda ishlovchi ayollar esa mablag'larni turli sug'urta jamg'armalaridan oladi. Ko'pincha kompensatsiyalar miqdori xususiy sektordagi ladbirkorlar faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Qator mamlakatlarda homiladorlik va tug'ruq bo'yicha ta'til huquqi, sug'urta badallarini to'lash va homiladorlikka qadar shu ishda qancha muddat ishlaganligiga bog'liq.
Masalan, O'zbekistonda homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar ta'tili sifatida ayollarga tuqqaniga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug'ish qiyin kechgan
yoki ikki va undan ortiq bola tug'ilgan hollarda - 70 kalendar kun) ta'til beriladi. Bu nafaqani tayinlash va to'lash uchun belgilangan tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo'ladi hamda ko'rsatilgan barcha davr uchun to'lanadi. Oliy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini tamonilagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug'ish bo'yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to'xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo'shimcha ta'til davrida homiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'til berilgan holda, nafaqa ko'rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi. Xodimyillikta'tilda va bolani parvarishlash uchun ta'tilda bo'lgan vaqtda homiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko'rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo'yicha ta'til davri uchun nafaqa ta'rif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta'til boshlani-shidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o'rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo'lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa, shujumladan, ayrim hollarda, ya'ni mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilingandan keyin bir oy ichida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tug'ish ta'tili boshlangan bo'lsa, nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta'minot bo'limi tomonidan ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin