Mehnat migratsiyasi — mehnatga qobiliyatli aholining ishlab chiqa-rishni rivojlantirish vajoylashtirishdagi o'zgarishlar bilan bog'liq makoniy ko'chib yurishidir.
Neonatal davr — bolaning tug'ilganidan to 28 kunigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ushbu ko'rsatkich go'daklar o'limining asosiy qismlaridan bid bo'lib, chaqaloqlarning shu davrga to'g'ri keladigan oiim salmog'i qancha baland boisa, go'daklar o'limining darajasi shunchalik past bo'ladi.
Nikoh — ayol va erkak o'rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy qo'llab-quwatlangan va jamiyat tomonidan tartibga solinuvchi shaklidir. Nikoh insonlar populyatsiyasida er-xotin juftligining shakllanish jarayonidir. Nikoh demografik tahlilda real yoki gipotetik avlodga nisbatan qaraladi va u qonun yoki an'anaga binoan nikoh yoshiga etgan, lekin hali nikohdan o'tmagan insonlar (erkak va ayol) o'rtasida tuziladi.
Nikoh aylanasi— nikohdagi juftliklar yig'indisidan iborat bo'lib, jamiyatdagi qonunchilik, ma'naviy-etnik me'yorlar, juftliklarning shaxsiy sifatlari va ijtimoiy-iqtisodiy holatlari bilan belgilanadi.
Nikoh bozori — bu nikohga layoqatli aholining turli guruhlaridagi nisbatlar tizimini ko'rsatuvchi shartli belgidir. Mazkur bozordagi holat nikohga kirish ehtimolligiga, muayyan hudud aholisining jinsiy tarkibiga va nikohga layoqatli aholi tarkibidagi salohiyatli nikoh juftliklarining miqdoriga bog'liq.
Nikoh davomiyligi— nikoh boshlanishidan to tugatilishigacha bo'lgan davrni tavsiflovchi ko'rsatkich, Odatda nikoh davomiyligi yillarda, kamdan kam hollarda oylarda o'lchanadi. Nikoh davomiyligi real, gipotetik yoki kogort sifatida ko'rib chiqiladi.
Nikoh tanlovi — berilgan nikoh aylanasi ichida nikoh juftliklarini tanlashdan iborat bo'lib, ungaijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, psixologikva anropologik mezonlar ta'sir o'tkazadi hamda ulaming har birining ta'siri vaqt davomida o'zgarib turadi.
Nogironlik (lotincha invalidus — kuchsiz, quwatsiz) — kasalliklar bilan bog'liq bo'lgan jarohatlar yoki nuqsonlar oqibatida hayot faoliyatining cheklanishiga olib keluvchi va uning ijtimoiy himoyaga muhtojligini keltirib chiqaruvchi organizm funktsiyalarining barqaror bajarijishining izdan chiqishi oqibatidagi inson salomatligining buziiishidir.
Oila — fiziologik-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni qondirishning nikoh asosida tartibga soiinadigan tizimi bo'lib, bir-biri bilan ijtimoiy-ruhiy jihatdan qarindosh-unig'chilik munosabatlari asosida iqtisodiyjiliatdan mulkiy munosabatlar uyg'unligida birgalikda faoliyat yurituvchi kishilar birikuvidir.