O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə3/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

1.2. Fanni o'rganish usullari
Demografiya fani doirasidagi usullar umumilmiy va demografik usullarga bo'linadi, ular takror barpo bo'luvchi odamlar jamlanmasini, aholining ko'payish xususiyatini o'zida aks ettiradi.
Demografik va migratsion o'tish konsepsiyalari fanning nazariy asosi hisoblanadi. Aytish joizki, inson rivoji va mavjudligining u yoki bu shartlari o'zgaruvchandir, chunki bu aholining bir turini ikkinchisi tomonidan takror barpo bo'lishini taqozo qiladi, shuning uchun demografik tadqiqot uslubiyotida tarixiylik tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda tarixiy yondashuv nafaqat demografiya fanining predmetini o'rganishda, balki demografik bilimlar evolyatsiyasini ham o'rganishda juda zarur.
Demografiyada tadqiqotning umumilmiy uslublari keng qo'l-laniladi, ularga ilmiy abstraktsiya va abstraktsiyadan konkretlikka ko'tarilish, qiyoslash, tahlil va sintez, induktsiya va deduktsiya, gipotezalarni ilgari surish va ularni tekshirish, ekstropolyatsiya va modeilashtirish usullari kiradi.
Demografiyaning xususiy usullari demografik tafakkur etish predmetigamos keladi, jumladan, aholining jins-yosh va nikoh tarkibi hamda yosh va jins xususiyatlariga bog'liq demografik jarayonlardir. Ular quyidagilar:kogort usuli, bu usul avlod davomida u yoki bu jarayonni o'rganishda qoilaniladi. Shuningdek, uni «real (mavjud) avlod» yoki «tik (bo'ylama) tahlil» usuli deb ham atashadi. Unda demografik jarayonlar, masalan, tug'ilish va o'lim darajasi, nikoh va ajralishlar bir vaqtning o'zida demografik holatga kirgan insonlar jamlanmasida tahlil qilinadi, ushbu usulning vazifasi aholining ushbu kogorti uchun kogortniiig vujudga kelish vaqti oralig'iga bog'liq bo'lgan va demografik hodisaning u yoki bu jarayonga kirishini aks ettirgan demografik jarayonlar xususiyatlarini o'rganishdan iborat.

  • ko'udalang tahlil usuli, ya'ni «shartli» yoki «gipotetik avlod» usuli, uning yordamida demografik hodisalar chastotasi ko'rsat-kichlarini tasawur etish asosida demografik jarayonlarni o'rganish mavjud bo'ladi, ular avlodlar hayoti davomida ushbu holatlar chastotalari ketma-ketligining yig'indisi sifatida nisbatan qisqa davr oralig'ida qiyosiy demografik holatlaming tegishli uzunligi oraliqlarini o'rganish orqali olinadi. Bu ham kogort usuli bo'lib, avlodlar hayotiy chizig'ini ko'ndalang kesuvchi hodisalarning grafik tasvirini ko'rishga yordam beradi.

Tik (bo'ylama) va ko'ndalang tahlillar bir qator avlodlar takror barpo bo'lish xususiyatlarini solishtirish imkonini beradi, bu ayniqsa tarixiy demografiya uchun juda zarurdir, chunki bu ham ijtimoiy, ham demografik prognozlarni amalga oshirish va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish uchun foydalaniladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin