Nikohning umumiy koefiltsienti muayyan hududdagi aholi orasidagi bir yilda har 1000 ta kishiga to'g'ri keladigan nikohlar sonini anglatadi.
Aytaylik: S— aholining o'rtacha yillik soni, T— ko'rsatkichni hisoblash lozim bo'lgan davr, V— tuzilgan nikohlar soni bo'lsa,
b — nikohning umumiy koeffitsienti quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
b = B/STx\000(5.1)
Ushbu ko'rsatkichning kamchiligi shundaki, u aholining yosh tarkibi va nikoh tarkibiga bog'liq bo'lib, nikohni hududlararo qiyoslashni qiyinlashtiradi.
Nikohning maxsus koeffitsienti nikohga layoqatli yoshdagi aholi orasida alohida erkaklar va ayollarning nikohdan o'tish hodisasini baholash uchun qo'llaniladi. Bu ko'rsatkich nikohning umumiy koeffitsientiga o'xshash hisoblab topiladi, faqat bunda kasrning suratida 16 va undan yuqori yoshdagi (nikohga layoqatli) aholi soni yoki ma'lum nikoh holati (hech qachon nikohda bo'lma-ganlik)da bo'lgan aholi soni kiritiladi. Biroq, bu ko'rsatkichni ham aholini yosh tarkibi bo'yicha standartlashtirish lozim.
Nikoh holatini baholash uchun eng maqbul usul — bu nikohning yig'indi koeffitsienti hisoblanadi. Mazkur koeffitsient bir avloddagi insonlarning butun hayoti davomida tuzilgan nikohlarning shartli o'rtacha sonini tashkil qiladi. Bu koeffitsient 16-69 yoshdagi ayollar va erkaklarning nikohdagi yosh koeffitsienti yig'indisi tarzida, odatda bir kishiga nisbatan quyidagicha hisoblanadi:
NYuK = nY$Bx/\000.(5.2)
Bu yerda: Vx— yosh koeffitsientlari; n — yosh interali uzunligi.
Nikohning yig'indi koeffitsientini barcha nikohlar, shu bilan birga, birinchi va takroriy nikohlar uchun ham hisoblash mumkin.
Odatda, birinchi nikohlar uchun nikohning yig'indi koeffitsienti 16-49 yoshdagi aholi guruhlari uchun hisoblanadi.
Nikohning yosh koeffitsientlarialohida yoshda nikoh qurish chastotasini tavsiflaydi. U ikki usulda hisoblab topiladi.
Birinchi usul muayyan yoshda nikoh qurgan shaxslarning sonini, shu yoshdagi nikohga layoqatli aholi soniga bo'lish orqali aniqlanadi. Ko'rsatkichlarni nikohning barcha va alohida holatlari: bo'ydoqlar, turmushga chiqmaganlar, bevalar, ajrashganlar uchun hisoblash mumkin.
Ikkinchi usulda esa kasr suratiga shu yoshda bo'lgan aholining umumiy sonini qo'yish orqali topiladi.
Nikohning yig'indi koeffitsientini tahlil qilishda 50 yoshgacha bo'lgan aholi orasidagi birinchi nikohlarni hisoblash koeffitsientlari muhim ahamiyatga ega. Agar bu koeffitsientlar birdan yuqori bo'lsa, bu nikoh jarayonining yosharganligidan, birdan past bo'lishi nikohdan o'tishni orqaga surishning keng tarqalganligidan dalolat beradi. Nikohning yig'indi koeffitsienti aholining nikoh tarkibi va nikoh taqvimiga bog'liq bo'Iadi.