5-bob. NIKOH VA AJRALISHNING DEMOGRAFIK MOHIYATI 5.1. Nikohning demografik mohiyati va uning turlari Nikoh demografiya, sotsiologiya, huquq, tarix va psixologiya kabi fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ilmiy adabiyotlarda nikohga quyidagicha ta'rif berilgan: nikoh — ayol va erkak o'rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy qo'llab-quvvatlangan va jamiyat tomonidan tartibga solinuvchi shaklidir. Nikohning huquqiy asoslari — nikoh tuzish va uni bekor qilish shartlari va tartiblari, er-xotinning huquq va majburiyatlari oila kodeksida batafsil yoritilgan.
Demografiya boshqa fanlardan farqli o'laroq nikohning inakro-ijtimoiy darajadagi asosiy parametrlarini tavsiflovchi insonlar va demografik hodisalar majmuini o'rganadi.
Nikon — insonlar populyatsiyasida er-xotin juftligining shakl-lanish jarayonidir. Nikoh demografik tahlilda real yoki gipotetik avlodga nisbatan qaraladi va u qonun yoki an'anaga binoan nikoh yoshiga yetgan, lekin hali nikohdan o'tmagan insonlar (erkak va ayol) o'rtasida tuziladi.
Nikohning shartlari, shakllari va uni tuzish tartiblari turli mamlakat va xalqlarda turlicha bo'lgan hamda tarixiy rivojlanish jarayonlarida o'zgarib turgan.
Jinsiy munosabatlarning dastlabki ijtimoiy tartibga solingan shakli ibtidoiy jamoa tuzumining guruh nikohidir. Guruh nikohiqabilalar o'rtasida tuzilgan bo'lib, qabila ichida har qanday jinsiy aloqalar bo'lishiga ruxsat berilmagan. Ko'rinishidan guruh nikohi dislokal, ya'ni ervaxotin birga yashamasdan bitta maishiy xo'jalik jamoasiga mansub bo'lmagan. Keyinchalik guruh nikohi torayib borib, awal bitta avlodga tegishli shaxslar, keyinchalik esa bir juft shaxslar orasida tuzilgan, ya'ni nikoh juftligiga aylangan.
Dastlab nikoh juftligida er va xotin birga yashagan, keyinchalik esa er xotinining qabilasiga (matrilokal nikoh), kevinchalik xotin erining qabilasiga (patrilokal nikoh) o'tgan. Nikohning buturlarida
er va xotin o'rtasidagi mulk alohida bo'lgan, guruh nikohidagi ayrim belgilar saqlangan.
Dehqonchilik va chorvachilikka o'tish munosabati bilan erkak kishining xo'jalikdagi o'rni oshib, natijada nikoh juftligi mustah-kamlangan, bu monogam nikohning boshlanishiga asos solgan. Monogam nikohning qabila tuzumi parchalangandan so'ng nikoh monolaka! turga, ya'ni er va xotin bitta oilaga va bitta xo'jalikka mansub bo'lgan holga o'tgan. Monogam nikoh deganda, bir erkakning bitta ayol bilan jinsiy va xo'jalik-maishiy ittifoqi tushuniladi, bu esa «monogam nikoh» tushunchasini «oila» va «uy xo'jaligi» tushunchalariga yaqinlashtiradi. Ko'p-chilik hududlarda asta-sekin patrilokal nikoh, ya'ni xotin va farzandlarning butunlay erning hukmi ostida bo'lishligi tasdiq-landi. Tarixiy rivojlanish davomida nikohning asosiy shakli monogamiya bo'lib bordi. Shu bilan birga, ba'zi xalqlarda mono-gamiya bilan bir qatorda nikohning poiigamiya (ko'p xotinlik, ko'p erlik) turi ham uchrab turadi.
Nikoh turlarining tasnifi 5.1-jadvalda batafsil yoritilgan.
Nikoh tuzish va nikohdagi juftni tanlash turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar bilan amalga oshiriladi.
Quldorlik tuzumidagi mamlakatlarda nikoh faqatgina erkin fuqarolar uchun mumkin bo'lgan. Erkin kishilarning qullikdagi ayollar bilan nikohdan o'tishi qat'iy qoralangan. Feodal tuzumidagi davlatlarda esa hukmron sinflar o'rtasida gomogam nikoh tarqalgan, dehqonlar o'rtasidagi nikohlar esa zodagonning ruxsati bilan tuzilgan.
Aytish joizki, industrial jamiyat va ta'lim tizimining rivojlanishi hamda ayollaming ishlab chiqarishga ko'proq jalb etilishi nikoh jarayonining o'zgarishiga olib keladi. Chunonchi, ta'lim tizimining rivojlanishi ba'zi mamlakatlarda nikoh yoshining kattalashishiga olib keladi, natijada nikohga kirmagan, birgalikda yashovchi erkaklar va ayollar, nikohdan oldingi aloqalar va nikohsiz (noqo-nuniy) tug'ilgan farzandlar soni ko'payib boradi.
Shu o'rinda «birgalikda yashash» va «birgalikda yashovchilar» tushunchalarining mohiyatini yoritib o'tsak.
Birgalikda yashash — bu nikoh qonunchiligiga mos ravishda ro'yxatdan o"tkazilmagan jinsiy ittifoqdir. Birgalikda yashash jinsiy
5.1-jadval Nikoh turlarining tasniil
Nikoh shartnomasining
tomonlaming huquq va
majburiyatlari, shuningdek
badal miqdori ko'rsatilgan
holda tuzilishi
Qalin evaziga
Kelinning ota-onasiga qalin to' lash
O'g'irlash
O'g'irlash
Kelin yoki kuyovning o'g'irlanishi
ittifoqning oddiy nomlanishi bo'lib, nikoh qonunchiligiga mos ravishda rasmiylashtirilmagan nikohdir1.
Boshqacha qilib aytganda, birgalikda yashash ikkita balog'atga yetgan shaxslarning hamkorlikda bir xo'jalikda yashashi bo'lib, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari bilan bog'lanmagan, lekin hissiy va jinsiy munosabatga ega bo'lganlardir.
Birgalikda yashovchilarning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
«hissiyotga berilganlar», lekin hali nikohga tayyor bo'lma-ganlar;
nikohga kirishni xohlayotganlar va buni amalga oshirishni kutayotganlar;
iqtisodiy sabablarga ko'ra (kambag'allar) birga yashayotganlar;
doimiy nikohga muqobil sifatida birgalikda yashashni ma'qul ko'rayotganlar.
Agar birinchi uchta toifadagi odamlar nikohni bor holicha inkor etmasalar-da, nikohga kirish xususida jiddiy qaror qabul qilishuchun bir-birini «sinash» kerak, deb hisoblayotganlar bo'lsa, to'rtinchi toifadagilar esa u yoki bu sabablarga ko'ra, nikohga kirishni istamayotgan odamlarni o'z ichiga qamrab oladi. Birgalikda yashovchi ko'pgina odamlar bungacha qonuniy nikohda bo'lganlar, lekin ularning nikohdagi hayot tajribasi omadsiz bo'lib, ular ajralishga majbur bo'lganlardir. Ular ajralish dramasini yana bir bor boshidan kechirishni va yana «tavakkal» qilishni istamay-diganlar, lekin o'zla'ri sevadigan hamrohi bilan doimiy jinsiy munosabatlarga nisbatan qarshi bo'lmaganlardir.
Ko'pgina odamlar nikohni ro'yxatdan o'tkazishni istamas-ligining asosiy sabablari, awalambor, ular nikohning umrboqiy tavsifga ega ekanligiga ishonmasligi, keyingi ajralish va mulkni bo'lib olish bilan bog'liq murakkabliklarni keltirib chiqarishni istamasliklari hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab birgalikda yashash taraqqiy eta boshlagan. Bunga
1 CouwajibHasi 3HjtnioioneaHHHH. — MocKBa, 2000. — C.344.
oilaviy siyosat, ya'ni ersiz bolalarini tarbiyalayotgan ayollarga nisbatan turli imtiyozlar va yordam pullarining tadbiq etila boshlashi sabab bo'lgan. O'z navbatida, bunday choralar birgalikda yashashni va nikohsiz tug'ilishlarning o'sishini rag'batlantiradi.
Birgalikda yashash ko'pchilik hollarda past ta'lim darajasiga ega odamlar, shu jumladan, ota-onalari nikohda bo'lmaganlar yoki ularning nikohlari omadsiz bo'lganlar orasida keng tarqalgan. Masalan, bugungi kunda nikohga qobiliyatli aholi tarkibida noqonuniy nikohlar ulushi 31 foizni (erkaklarda 33, ayollarda 29 %ni) tashkil qiladi.
Aytish lozimki, birga yashovchilikning ortishi mamlakatlarda jinsiy inqilobning rivojlanishiga olib kelmoqda.
Jinsiy inqilob — bu yoshlarning isyonkorona harakati bilan bog'liq jinsiy munosabatlar sohasida an'anaviy me'yorlar, cheklovlar va ta'qiqlarning tubdan buzilishidir.
Jinsiy inqilob rivojlanishining-qator sabablari mavjud. Ma'-lumki, XX asrda g'arb mamlakatlarida ayollarning o'rni ma'lum darajada o'sdi. O'z navbatida, bu ikkinchi jahon urushi bilan bogiiq, ya'ni erkaklar harbiy xizmatga ketib, ularning ko'pchiligi ortga qaytmagan yoki nogiron bo'lib qolgan. Ayollar o'zlarining va farzandlarining tirik qolishi uchun butun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga majbur bo'lgan.
Ayol iqtisodiy munosabatlarda nisbatan mustaqil bo'ldi, bu iqtisodiyotga yo'naltirilgan jamiyatda ma'lum ijobiy oqibatlarga olib keldi, masalan, o'z taqdirini mustaqil tanlash imkoniyatlari vujudga keldi. Sevish va suyukli bo'lish uchun turmushga chiqish shart emas, degan tushuncha paydo bo'ldi. Ko'pgina ayollar ongli ravishda o'z mansablari bilan shug'ullangan hamda o'zlarini «yurakka yaqin olgan do'stlari» bilan nikoh munosabatlarini bog'lamagan holda mustaqil hayot (Yevropada) olib borishni afzal ko'radilar.
Jinsiy inqilob qator demografik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keldi va ulardan biri oilaviy munosabatlarning o'zgarishi bo'ldi. Bunda ayollarni iqtisodiy tobelikdan ozod etish birinchi o'rinda turadi. Ko'pgina ajralishlarning tashabbuschilari ayollar ekanl tasodif emas. Ular bunday qadamni qo'ygani holda o'zlarining
hayotlarini yo'lga qo'yish va farzandlarini oyoqqa turg'azish uchun ishlab pul topa olishlariga ishonadilar. Shu bilan birga, 30 yoshdan oshgan ba'zi ayollar ersiz o'zi uchun farzand ko'rish kerakligini ma'qui ko'radi.
Hozirgi kunda ayollar saqlanishi uchun mo'ljallangan 20 dan ortiq kontraseptsik vositalar mayjud boiib, ular yordamida ayol javobgarlikni o'z zimmasiga olishi va istalmagan homiladorlikdan saqlanishi mumkin.
O'sib borayotgan oshkoralikka intilish yo'nalishi jinslarning nafaqat jamoatchilik, balki shaxsiy hayotda ham Tenglikka egaligini ko'zda tutadi. Jinsiy inqilobning oqibatlaridan yana biri — jinslar o'rtasidagi munosabatlarda teng huquqli hamkor-likni anglash hisoblanadi. Mazkur jihatdan erkak va ayol o'rtasidagi (jinsiy aloqa boshlagan yoshi, jinsiy sheriklari soni, jinsiy aloqalar chastotasi va h.k.) an'anaviy farqlar sezilarli tarzda qisqarmoqda.
Demograf olimlar ayollarni ijtimoiy holatlarining o'zgarishi, ayniqsa, ularning oliy ma'lumotga ega bo'lishi, mansab sari intilishlari Yevropa xalqlari hayoti xavf ostida qolayotganligi haqida ogohlantirmoqda. Shu o'rinda aytish lozimki, G'arbda boshlangan va o'z cho'qqisiga yetgan jinsiy inqilob boshqa mamlakatlar sivili-zatsiyasiga, ularning jamoaviylik, oilaviylik, ijtimoiy xavfsizlik, adolatlilik, qayg'urish, an'anaviylik va h.k. etnik va ma'naviy qadriyatlarini hisobga olmagan holda otilib kirmoqda. Bu esa, mazkur mamlakatlarda demograilk inqirozning yanada kengayi-shiga olib keladi.
O'zbekistonda nikoh oila kodeksi bilan tartibga solinadi. Respublikada nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollarda (homiladorlik,
bola tug'ilishi, bir tarafning kasalligi) nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin'.
Ko'pchilik chet mamlakatlarda nikoh, odatda fuqarolik huquqiy bitim hisoblanib, nikoh tuzish va oiladagi boshqa munosabatlarga oid savollar fuqarolik qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Nikoh tuzishda bo'lg'usi er-xotinning mol-mulki Limumiy yoki alohida bo'lishligiga katta ahamiyat beriladi.
Barcha jamiyatlarda nikoh tuzish uchun shaxslar nikoh yoshiga (qonunda ruxsat ctilgan yoki an'analarga ko'ra) yetgan bo'lishlari lozim. Ko'pchilik mamlakatlarda nikoh yoshi nikohga kiruvchilarning jinsiy, ruhiy va ijtimoiy yetukligi hamda shu mamlakat udum va an'analarini hisobga olgan holda qonun tomonidan belgilanadi. Ilgari nikohga kirish yoshi diniy me'yorlar bilan belgilangan hamda erkaklarva ayollar uchun birxilda kichik bo'lgan. Katoliklarda nikoh yoshi ayollar uchun 12, erkaklar uchun 14, protestantlarda har ikkala jins vakillari uchun 14 yosh, deb belgilangan!
Islomda nikohga kirish yoshi bir xil belgilanmagan. Shariat qoidalariga ko'ra, qiz bola 9 yoshida, o'g'il bola esa 12 yoshi da balog'atga yetgan, deb hisoblangan hamda oila qurishi mumkin bo'lgan.
O'zbekistonda nikoh yoshi erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin2.
Ba'zi mamlakatlarda nikoh yoshini tartibga soluvchi qonun-larning mayjud emasligi, qonunda ko'rsatilgan nikoh yoshining kichikligi, ayollarning oiladagi vajamiyatdagi huquqiy tengsizligini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan 1967 yil 7 noyabrda BMTning Bosh Assambileyasi tomonidan qabul qilingan deklara-tsiyada to balog'atga yetmagunlariga qadar qizlarning nikohdan o'tishlarini ta'qiqlash va nikohga kirishning minimal yoshini belgilashga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor berilgan.
' y.iSeKHCTOH PecrrySjiHKacHHHHr Omia kojkkch. — T.: AnonaT, 2007. — 8-6. 2 y36eKHCTOH Pecny&iTHKacwHHHr Oroia KQneKCH. — T.: AaojiaT, 2007. — 8-9 6.
Aholi orasida nikoh juftligining hosil bo'lish jarayoni birinchi va takroriy nikohga kirishni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, nikoh «nikoh bozori"dagi holat, nikoh aylanasining shakllanishi, nikohdagi tanlashning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.