O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə35/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

IV.vk = ^-ls+l6S;^+xl00, (4.7)
y- M6-54 + M6-59
bu yerda: L()_l5+Lii++Lb0+ — 0-15 yoshdagi bolalar, 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar hamda 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklar sonining yig'indisi; Ј16.54+i<l6.59 — 16-54 yoshdagi ayollar va 16-59 yoshdagi erkaklar sonining yig'indisi.
Shunday qilib, jinsiy tarkib aholining erkak va ayollarga, yosh tarkib esa ijtimoiy-iqtisodiy, demografik jarayonlarni o'rganish maqsadida aholining yoshlarga bo'linishidir.
4.5. Aholining keksayishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Aholining keksayishi hozirgi davrda zamonaviy demografik hodisa hisoblanib, garchi uning rivojlanish intensivligi turlicha bo'lsa-da, barcha mamlakatlar uchun xos bo'lmoqda. Aholining keksayishi aholi umumiy sonida ulug' yoshdagilar ulushining ortishi, yoshlar salmog'ining kamayishi, shu bilan bir vaqtda o'rta yoshdagi aholi sonining ko'payishida o'z ifodasini topadi. Ta'kidlash joizki, aholining keksayishi deganda, nafaqat bu yosh guruhidagi kishilar salmog'ining, balki mutlaq sonining ham ortishi tushuniladi. O'zbekistonda ham bugungi kunda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo'layotgan o'zgarishlar demografik jarayonlarga sezilarli darajada ta'sir ko'rsardi: tug'ilish va o'lim
ko'rsatkichlari keskin kamaydi, tug'ilganda kutilayotgan hayot davomiyligi uzaydi. Buning natijasida aholining «keksayishi» jarayoni tezlashdi.
Fanda keksalik, uning dastlabki ko'rinishlari, keksalik yoshi va uning chegaralari kabi masalalar atrofida baxs-munozaralar anchadan beri olib boriladi, lekin so'nggi yillardagina bu masalalar iqtisodiyot, demografiya, sotsiologiya, gerontologiya kabi fanlaming jiddiy tadqiqot ob'yektiga aylandi. Chunki, aholining keksayish jarayoni bilan bir vaqtda keksa kishilarning ijtimoiy, fiziologik va biologik xarakteristikasida tub o'zgarishlar ro'y beradi. Bu o'zgarishlarning silliqroq kechishi nafaqat sog'liqni saqlash tizimiga, balki jamiyatning boshqa tuzilmalariga — iqtisodiy, ishlab chiqarish, rekreatsiya, ijtimoiy ta'minot, oila va boshqalarga ham bog'liqdir.
Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti qarilikni insonning hayoti davomida kechadigan o'zgarishlarni belgilovchi fiziologik jarayon, deb hisoblashni taklif qilgan1. Shu bilan birga, keksalikni kasallik bilan tenglashtiruvchi fikrlar ham keng tarqalgan. Biz bu fikrni to'g'ri emas, deb hisoblovchilar fikriga qo'shilamiz. Bizningcha, keksalik kishida namoyon bo'lgach, ular surunkali kasalliklarga tez-tez yo'liqadigan aholi guaihini tashkil etadilar, xolos. Chunki, inson organizmining jismonan qarishi oqibatida kishining tashqi o'zgarishlar va noqulay holatlarga moslashishi susayadi va u tez-tez kasalliklarga chalinadigan bo'lib qoladi. Keksa kishi mehnatga layoqatsiz va o'zgalar yordamiga muhtoj bo'ladi.
Odatda, mehnatga layoqatli yoshdan katta bo'lgan aholi pensiya yoshidagi aholi hisoblanadi. Bu yosh chcgarasidan boshlab insonda jismoniy quwatning zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi ro'y beradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, jamiyat va oiladagi mavqeida ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Shuning uchun ham iqtisodchilar aholining bu guruhini qariyalar guruhiga kiritadi.
Inson organizmida ro'y beradigan o'zgarishlar: jismoniy quv-vatning zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta'sirlarga moslashish va javob reaktsiyalarining sekinlashuvi va boshqalar
55-60 yosh chegarasidan yuzaga chiqa boshlaydi. Demak, keksalik davrining boshlanishiga shartli ravishda O'zbekistonda belgilangan mehnatga layoqatli yoshning eng yuqori chegarasini asos sifatida olishni va mehnatga layoqatli yoshdan katta bo'lgan aholi — 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklarni qariyalar guruhiga kiritish mumkin, deb hisoblaymiz.
So'nggi yillarda inson umrining keksalik davrini tasniflash bo'yicha xilma-xil yondoshuvlar paydo bo'ldi. Masalan, geronto-loglartasnifiga ko'ra, 60-74 yoshdagilar — qariyalar, 75-84 yoshdagi-lar — keksalar, 85 va undan yuqori yoshdagilar — juda keksaJardir1, Butunjahon Sog'iiqni Saqlash Tashkiloti tasnificha, 60-74 yoshda­gilar — qariyalar, 75-89 yoshdagilar — keksalar, 90 va undan yuqori yoshdagilar — uzoq umr ko'ruvchilar, deb hisoblanadi2.
Bizningcha, bu mezonlarni dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi uchun tadbiq etib bo'lmaydi. Keksalik yoshini bunday davrlarga bo'lishda har bir davlatdagi tug'ilganda kutilayotgan hayot davomiyligi asos qilib olinishi lozim. Chunki, hozirda aholisi o'rta hisobda 35-40 yil umr ko'radigan mamlakatlar ham bor. Masalan, dunyoda o'rtacha umr davomiyligi 67 yil bo'lsa, Mozambikda — 40 yil, Afg'onistonda — 43 yil, Zambiyada — 35 yil, O'zbekistonda — 71,8 yil, Norvegiyada — 80 yil, Yaponiyada — 82 yildan iboratdir.
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida aholining yosh tarkibida sodir bo'lgan o'zgarishlar shuni ko'rsatadiki, bu davr dunyoda, shu jumladan, O'zbekistonda ham aholi tarkibida bolalar ulushining kamayib, aksincha qariyalar ulushining ortib borishi bilan tavsiflanadi. Bu hoi, o'z navbatida, aholining keksayish jarayoni boshlanganligini ko'rsatmoqda.
Demograf olimlar tomonidan aholining keksayish darajasini «qarish indeksi» yordamida baholash taklif etilgan. «Qarish indeksi» tushunchasi fanga taniqli demograf A.Sovi tomonidan kiritilgan. Frantsuz demografi qarish indeksini mehnatga layoqatli yoshdan katta bo'lgan aholi (qariyalar) sonining mehnatga layoqatli yoshga-
1 Bo3pacT MyapocTH — BoapacT C03JWHH3 / FTporpaMMa pa3BHTHfl OOH. —
MocKea, 1999. - C. 17.
2 KajimnoK H.B. BoapacTHaa CTpyKTypa nacejreHHjj CCCP. — M.:
CraracTHKa, 1975.-CI2.
cha bo'lgan aholi (bolalar) soniga foizlarda hisoblangan nisbati orqali aniqlashni va aholining keksayish darajasini baholashda hozirda jahonning ko'pchilik mamlakatlarida foydalanilayotgan quyidagi demografik mezonni taklif qildi (4.6-jadval).
4.6-jadval Aholining keksayish darajasi mezoni*



Bosqich

Aholining qarish indeksi, %

Aholining qarish darajasi

I

20 dan kam

past

II

20-30

o'rta

III

30 dan baland

yuqori

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, aholining qarish indeksi 20 %dan kamni tashkil etsa, shu hudud aholisining keksayish darajasi past hisoblanadi. Agar qarish indeksi 30 %dan ortsa shu hudud aholisi yuqori darajada keksayayotgan hududlar qatoridan o'rin oladi.
4.7-jadval

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin