O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə33/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Yosh akkumulyatsiyasi — bu aholining ma'lum bir yoshlaridagi sonining qo'shnilariga nisbatan ko'proq yig'ilib qolishidir.
Yosh akkumulyatsiyasi odamlarning psixologik ta'sir ostida sonli o'zgaruvchilarni yaxlitlab yuborishga moyilligi ostida vujudga kelib, ular aniq sonlar o'rniga yaxlitlangan, yaqin bo'lgan katta-liklarni aytishadi. Ko'pincha yosh akkumulyatsiyasi «0» yoki «5» bilan tugaydigan yoshlarda ko'proq kuzatiladi, biroq bu holat «2» yoki «8» bilan tugaydigan yoshlarda ham uchrab turadi. Yosh akkumulyatsiyasining mavjudligi, tabiiyki, faqatgina bir yillik yosh guruhlari bo'yicha tuzilgan yosh tarkibidagina uchraydi. Besh va o'n yillik guruhlashlarda yosh akkumulyatsiyasi o'z-o'zidan soqit bo'ladi.
Aholini ro'yxatdan o'tkazish va so'rovlarda yosh to'g'risidagi ma'lumotlarning Tizimli tarzda xato bo'Iishi yosh akkumulya-tsiyasiga olib keladi. Bu, ayniqsa, aholining madaniy darajasi (ayrim odamlar nafaqat o'z yoshini, balki o'zining tug'ilgan kunining aniq sanasini ham bilmasliklari mumkin) va yosh haqidagi savolga aniq javob berish xohishi bilan bog'liq (qariyalar va ayollarning tannozligi va h.k. vaziyatlar). Aholini madaniy darajasining o'sishi va uslubiy qoidaiarga amal qilish yosh borasidagi xatoliklarning, natijada yosh akkumulyatsiyasining kamayishiga olib keladi.
Yosh akkumulyatsiyasi turli usullar yordamida o'lchanadi. Masalan, Uippl (Whipple) indeksi «()» va «5» bilan tugal-lanuvchi yosh akkumulyatsiyasini yoshlar bo'yicha nisbatini o'lchaydi. Mazkur indeks (Iw) quyidagi formula bo'yicha hi-soblanadi:
12
ZP5k /w = f%—*ioo:
5 23
bu yerda: P5k = P25, ...PUi (25, 30, ....60 yoshdalardagi aholi soni); Pxaholining 23 dan 62 yoshgacha bo'lgan bir yillik yosh intervallaridagi guruhlar soni.
Yosh tarkibini tahlil qilishda yosh kontingentlaridan ham foydalaniladi. Yosh kontingenti — bu umumiy yosh, shuningdek, ayrim dcmografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa alomatlar bo'yicha birlashtirilgan shaxslar guruhidir1.
lnsonning hayot davrini guruhlarga ajratish masalasi turli davrlarda yashagan olimlarni qiziqtirib kelgan. Masalan, qadimgi yunon matematigi Pifagor yil fasllari bo'yicha inson hayotini davrlarga ajratgan (4.2-jadval).
Jadvaldan ko'rinib turganidek, olim insonning bolaligini bahor, keksaligini esa qish fasliga o'xshatgan hamda shundan kelib chiqib davrlarga ajratgan.
1 Me/iKoB B.M. ileMorpa(j)HK: ymjo.. - M.: MHOPA-M, 2009. -C.I 4.2-jadval Pifagorning yosh tasnifi*



Yil fasli

Hayot davri

Yosh

Bahor

Bolalik

20 yoshgacha

V"07

Yoshlik

20-40 yosh

Kuz

Yetuklik

40-60 yosh

Qish

Keksalik

60-80 yosh

* Manba: Ochobh .neMorpaqbHn: yHe6noe noco6ne / IT.H. Kocob, A.B.BepeHaeeBa. - 2-e H3fl, Hon. M nepepa6. - M.: HHOPA-M, 2010. -C.66-67.
Aholishunoslik endiklopedik lug'atida inson umri quyidagi davrlarga bo'lingan (4.3-jadval).
4.3-jadval Yosh tasnifi



Kalcndar yosh

Inson havoti davri

l-7kun

Yangi tug'ilganlik

7 kun-1 yosh

Chaqaloqlik

1-3 yosh

Ilk bolalik

4-7 yosh

Birinchi bolalik

8-12 yosh (q'g'il bolalar)

Ikkinchi bolalik

8-11 yosh (qiz bolalar)

13-16 yosh (o'g'il bolalar)

O'smirlik

12-15 yosh (qiz bolalar)

17-21 yosh

O'spirinlik

16-20 yosh

22-35 yosh (erkaklar)

Yetuklikning birinchi bosqichi

21-35 yosh (ayollar)

36-60 yosh (erkaklar)

Yetuklikning ikkinchi bosqichi

36-55 yosh (ayollar)

61-74 yosh (erkaklar)

Qarilik

56-74 yosh (ayollar)

75-90 yosh

Keksalik

90 yoshdan kattalar

Uzoq umr ko'ruvchilar

* Manba: HapoflOHacejieiiHe: SmiuKJionenvmecKWi cJioBapb. -MocKBa, 1994. - C.49.
Yosh tasnifidan ko'rinib turibdiki, inson umri ilk tug'ilgan kunidan boshlab, umrining so'ngiga qadar davrlarga ajratilgan.
Qator olimlar insonlaming umrini mehnatga layoqatiga qarab ham ajratgan. Masalan, demograf B.Urlanis inson umrini mehnat yoshiga qarab quyidagi gunihlarga ajratishni taklif qilgan (4.4-jadval).
4.4-jadval B. Urlanisning yosh tasnifi*




Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin