Jinslarning ikkilamchi nisbati — bu tirik tug'ilganlar orasida o'g'il bolalar sonining qizlarga nisbatidir. U asosiybiologik o'zgarmas konstanta bo'Iib hisoblanadi va taxminan 100 nafar qizga o'g'il bolalarning 105-106 ta tug'ilishi nisbatiga teng yoki boshqa so'z bilan aytganda, har 1000 ta yangi tug'ilgan chaqaloqlarga doimo taxminan 512 nafar o'g'il bola va 488 nafar qiz bola to'g'ri keladi1.
' BpeeBa E.B. Ochobbi aeMorpa(t>nn: yncSHoe noco6ne. — M.: .flaiiiKOB H K, 2009. - C.65
Jinslarning ikkilamchi nisbatida doimiy kattalik bo'lishiga qaramasan bir qator omillar ta'siri bilan o'zgarib turadi. Xususan, nikohsiz bolalar o'rtasidagiga nisbatan nikohdagilar orasida o'g'il bolalar soni ko'proq bo'ladi. Tug'ilganlar orasidagi o'g'il bolalar hissasi onalar yoshining ulg'ayishi va tug'ilish tartib raqamining o'sishi bilan kamayib boradi. Masalan, 20 yoshgacha bo'lgan onalarda har 100 ta qizaloqqa 130 ta o'g'il bola to'g'ri keladi, 38-42 yoshdagi onalarda esa u atigi 90 ni tashkil qiladi, xolos.
Yaqin o'tmishdagi urushlarda jinslarning ikkilamchi nisba-tining kamayishi, shu jumladan, urush tugagandan so'ng uning ortishi dalili ajabtovur hodisa sifatida qaralgan. Urush davrida homiladorlikni ko'tarib yurish sharoitlarining o'zgaruvchanligi, ona qornidagi o'lim darajasidagi jinsiy farqlar tibbiyotchilar, sta-tistlar va demograflar tomonidan ilmiy isbollab berilmaguniga qadar bunga hatio qandaydir sirli hodisa sifatida qaralgan.
Urush davrida ushbu sharoitlar yomonlashadi, bu esa ona qornidagi o'lim darajasining ortishiga olib keladi, awalambor, erkak homila va umg'lantirishlarda o'lim darajasining ortishiga olib kelib, bu esa o'z navbatida, jinslarning ikkilamchi nisbatini kamaytirib yuboradi. Bundan tashqari, harbiy harakatlar davrida ota-onalar o'rtasida yoshi kattalar hissasi ortib ketadi, bu ham homiladorlikni ko'tarib yurish sharoitlarini yomonlashtiradi. Urush tugagandan so'ng ota-onalar yosh tarkibining yosharishi orqali homiladorlikni ko'tarib yurishning sharoitlari yaxshilanadi.
Umuman olganda, jinslarning ikkilamchi nisbatidagi tebra-nishlar ona qornidagi bolaning o'lim darajasidagi o'zgarishlarga bog'liq bo'ladi, u esa, o'z navbatida, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va sanitar-gigienik sharoitlar bilan belgilanadi. Aynan shuning uchun vaqt o'tishi bilan jinslarning ikkilamchi nisbati xuddi rivojlangan mamlakatlarda kam rivojlangan mamlakatlarga nisbatan uning soni katta bo'lgani kabi ko'tarila boshlaydi. Biroq, demograflarda jinslarni ikkilamchi nisbatining mayl omili ta'sirida vujudga kelganligi, ya'ni bevosita urug'lanish jarayoniga atayin ta'sir o'tkazish va homiladorlik davrida bo'lajak bolaning jinsini to'g'rilash maqsadida harakatlar qilinganligi sababli katta qiziqish uyg'otadi. Aytish joizki, bu hodisa ko'p bolalikning ijtimoiy
me'yorlari saqlanib qolgan va ko'p o'g'il bolalar ko'rishni xohlaydigan mamlakatlarda keng tarqalmoqda. Bunday mamla-katlarga Xitoy, Janubiy Koreya va Singapurni kiritishimiz mum-kin. Ushbu mamlakatlarda jinslarning ikkilamchi nisbatining kattaligi tebranishlar doirasidan anchayin chetga chiqib ketgan, bu holat statistik xatoliklarning mavjudligi bilan bog'liq bo'lib, ushbu mamlakatlarga nisbatan tadqiqotchilarning alohida e'tiborini tortmoqda. Janubiy Koreya, Tayvan va Singapurda XX asrning 80-yillarida jinslarning ikkilamchi nisbatining jadal o'sishi kuzatilgan va u 113:117 gacha etgan. Ushbu fenomen qadimdagi ko'p o'g'il bolalarni ko'rishni xohlaydigan an'analarning zamo-naviy ko'rinishini aks ettiradi va qizlarning kamsitilishi, ya'ni sof mayl omili ta'sirining natijasi bo'lib yuzaga chiqadi.
Qadimda ushbu kamsitish qizlarning chaqaloqligi va bolaligidagi o'lim darajasining juda yuqori bo'lganligida o'z ifodasini topgan, bu holat ularning chaqaloqligi va bolaligi davridagi parvarishning juda yomon bo'lganligining natijasidir. Hozirda fan-texnika yutuqlari asrida esa an'anaviy reproduktiv ko'rsatmalar, agar tug'ilajak bolaning jinsi qiz bo'lishi kutilayotgan bo'lsa, sun'iy ravishda homiladorlikni to'xtatish amalga oshirilmoqda. Qizlarning tug'ilishidagi kamsitishning reproduktiv xulqi tug'ilishni kamay-tirish siyosati ta'siri ostida yanada kuchaymoqda, bu esa aholining katta qismining intilishlariga qarama-qarshidir.
Amerikalik demograf D.Gudkindning ta'kidlashicha, Xitoyda amalga oshirilayotgan bir bolalik siyosati «ota-onalarni qiz tug'ilishini oldini olishning turli usullaridan uyg'unlashtirilgan holda foydalanishga yoki qiz tug'ilishini yashirish: qizlardan voz kechish, tug'ilishlarni yoki oila tarkibini yashirish, hatto qiz chaqaloqlarni o'ldirishga ham olib kelmoqda. Bunga qo'shimcha tarzda, tug'ruqqacha tashhis qilish sohasidagi zamonaviy yutuqlar ham ahamiyatli rol o"ynamoqda»'. Bu haqda faqat xitoylik mualliflargina emas, boshqa mamlakat ziyolilari ham yozishmoqda.
1 Goodking D. On Substituting Sex Preference Strategies in East Asia: Does Prenatal Sex Selection Reduce Postnatal Discrimination?// Population Development Review. March 1996. Vol.22. - P. 111.
Tug'ruqqacha tashxis qilishning zamonaviy yutuqlari tug'ilajak bolaning jinsini boshqarish maqsadida Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlari aholisining ma'lum bir qismi tomonidan foydalanilmoqda. Tug'ilishni kamaytirish siyosati o'g'il bolani ko'p xohlashiikning yuqori darajasi saqlanib qolayotganligiga bog'liq ravishdagi kam bolali oilaga yo'naltirilganlikning o'sishi sharoitida ushbu amaliyot keng qo'Ilaniladi va test natijasi tug'ilajak bolaning jinsi qiz boJa bo'lishi holatida, u sun'iy abortlar tebranishining o'sishiga olib keladi. Ayniqsa, bu bir yoki undan ortiq qizga ega tug'ilishning yuqori soni kuzatilgan oilalarga taalluqlidir. Ayrim tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, aynan Xitoyda ikki yoki undan ko'p qizlarga ega bo'lgan oilalar uchun jinslarning ikkilamchi nisbati 200 dan ham ortib ketmoqda. Xuddi shunday holatni kontinental Xitoydagi kabi tug'ilishni cheklashning qat'iy siyosati mavjud bo'lmagan Tayvan va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda ham kuzatish mumkin.
Olimlar, jamoat arboblari va hukumatlar tomonidan sun'iy abortlarning o'sishiga olib keluvchi tug'ruqqacha jinsni aniqlash tashxisidan foydalanish holatlari salbiy baholanmoqda. Xususan, salbiy ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy natijalarni yuzaga keltirayotgan ushbu amaliyotni qattiq qoralash «Aholi va rivojlanish» to'g'risidagi Xalqaro konferentsiyada (Qohira, 1994 yil) qabul qilingan Dasturda ham o'z ifodasini topgan. Dasturda tug'ilajak bolaning jinsini aniqlashdagi texnologiyalardan foydalanishning ortishi jins bo'yicha selektsiyani (yangi tug'ilgan qiz chaqaloqlarni o'ldirish amaliyoti bilan birgalikda) «halokatli (zararli) va beadablik (madaniyatsizlik)» sifatida tavsiflanishi ta'kidlangan.
Ko'pgina mamlakatlarning hukumatlari tug'ruqqacha jinsning tashxisini amalga oshirish hamda u bo'yicha ma'lumotlar va xizmatlar olinishi, berilishi bo'yicha jinoiyjavobgarlikka tortuvchi qonunni qabul qilganlar. Shunga qaramasdan, yuqorida keltirilgan ma'lumotlarning ko'rsatishicha, ushbu ta'qiqlarning samaradorligi u qadar yuqori emas, ularning mavjudligining o'zi esa ayrim amaldorlar va tibbiyot xodimlari tomonidan o'z xizmat vazifalaridan foydalanib, ta'magirlik qilish va boshqa su'iste'molliklarni qilinishiga olib kelmoqda.
Sun'iy abortlar orqali jins bo'yicha selektsiya qilishning ko'p yillik amaliyoti Xitoyda bir qator keskin demografik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning vujudga kelishiga olib keldi. Hozirgi kunda bu hodisa mamlakatda nafaqat jinslarning ikkilamchi nisbatidagi nomutanosiblikka, balki faol nikoh yoshlarida ham mutanosiblik buzilishiga olib keldi. Mamlakatda awallari kuzatil-magan «kelinlar tanqisligi» vujudga keldi, buning natijasida yosh xitoylik yigitlarning katta qismi butun umrga bo'ydoq qolish istiqboli qarshisida qoldi. Bu o'z navbatida, jinoyatchilikning yangi turi — yosh qizlarni nikohga kiritish maqsadida o'g'irlanishining vujudga kelishini ta'minlab berdi. Shu o'rinda aytish joizki, Xitoyda kelinlar daromadli tovarga aylanib ulgurdi. Bu muammo-ning dolzarbligi ko'pgina mamlakatlardagi tadqiqotchilar e'tiborini o'ziga tortmoqda. Olimlar dunyoda eng ko'p aholisi bo'lgan Xitoyda jinslar tengligi buzilishining salbiy oqibatlarini faol muhokama qilmoqda. Ushbu nisbatning buzilishi «bir oilaga bir farzand* siyosatining natijasi bo'ldi va uning oqibatida jins bo'yicha abort qildirishning ortishi va yoshligida qizlar o'lim darajasini ortirishiga olib keldi.
O'zbekistonda esa tug'ilishning kamayishi jarayoni XX asrning oxirlarida kuzatildi. Biroq, mamlakatda jinslarni ikkilamchi nisba-tining buzilish holatlari kuzatilayotgani yo'q.