Jinslarning uchlamchi nisbati — bu reproduktiv yoshdagi yoki boshqa yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollarning o'zaro tengligidir. Jinslarning birlamchi va ikkilamchi nisbatidan farqli o'laroq jinslarning uchlamchi nisbati yosh-jinsdagi differentsial o'lim darajasi xususiyatlari va migratsion harakatchilikga bog'liq ravishda tebranib turadi.
Jinslarning uchlamchi nisbati ikkilamchi nisbat bilan birgalikda demografiyaning qiziqishlari doirasiga kiradi, chunki aholining takror barpo bo'lish tavsiflari va ayrim demografik jarayonlar ularga bog'liq bo'ladi. Ular faol va istiqboldagi nikoh darajasiga, tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlariga ta'sir o'tkazadi. Aynan shuning uchun demograflar umumiy aholining jinsiy tarkibini o'rganish kabi ushbu ko'rsatkichlarga alohida e'tibor beradilar.
4.3. Aholining yosh tarkibi Aholining yosh tarkibi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Dastlab aholining yosh tarkibini o'rganishdan oldin «yosh» tushunchasining mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiq.
Yosh — bu insonning tug'ilishidan to uning hayotidagi u yoki bu daqiqasigacha oqib o'tgan vaqtdir. Yosh ikkinchi eng muhim demografik tavsiflardan biri bo'lib, u yillarda, oylarda (hayotning birinchi yillarida), haftalarda (hayotning birinchi oylarida), kun-larda va soatlarda hisoblanadi.
Yosh ob'yektiv tavsif bo'lishiga qaramasdan inson hayotining yosh davri konventsionaldir va umrni (hayotni) uzunligi (davo-miyligi) evolyutsiyasi mobaynida o'zgarib kelgan. Bir asr muqad-dam «keksalik» deb ynritilgan yosh hozirda «keksalikka kirish» yoki «o'rta yosh» deb hisoblanmoqda.
Demografik hodisalar doimo u yoki bu yoshda amalga oshadi. Bunda ularning amalga oshishidagi tebranish yosh o'tishi bilan o'zgaradi yoki boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, uning vazifasi bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun demografiyada yosh har qanday demografik hodisaning eng muhim tavsifi sifatida qaraladi. Shu munosabat bilan o'lgandagi yosh (o'lim yoshi), nikohga kirish yoshi va bola tug'ish yoshi, deb nomlanuvchi yoshlar va hokazolar haqida gapiriladi.
Kuzatish vaqtidagi muayyan bir guruh kishilaming yoshi haqidagi ma'lumot aholining yosh tarkibini shakllantirish imkonini beradi.
Yosh barcha demografik jarayonlarning umumiy koordinatasi hisoblanadi, ularning universal, mustaqil o'zgaruvchisi bo'lib hisobga olinadi va inson hayotidagi istalgan hodisalarni ro'yxatga (hisobga) olishda e'tiborga olinadi.
Yuqorida aytilganidek, yosh tug'ilgan vaqtidan so'ng oqib o'tgan vaqt bilan oichanadi. Biroq, demografiyada yoshning uchta ta'rifidan foydalaniladi: aniq yosh, yillar to'lgandagi yosh va kalendar yillarning farqi sifatida hisoblangan yosh. U yoki bu ta'rif mavjud ma'lumotlar va maqsadlarni hisobga olinishi bilan tanlanib, ular uchun yosh hisoblab chiqiladi.
Aniq yosh — imkoni boricha maksimal aniqlik bilan o'lchangan, tug'ilgan vaqtdan joriy daqiqagacha bo'lgan davr oralig'iga tengdir. Masalan, insonni tug'ilgan vaqtini aniq bilgan holda aytish mumkinki, qandaydir vaqtda lining yoshi 31 yil 4 oy 13 kun 7 soat 30 minut 28 sekundga teng.