O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə32/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Bir yillik yosh tarkibi — bu aholining quyidagi yillar to'lgandagi yosh guruhlari bo'yicha taqsimlanishidir: 0 yosh, 1, 2, ..., 34, 35, ..., 89, ..-, co yosh va undan kattalar. D — bu qandaydir eng yuqori yosh bo'lib, uning asosida aholining bir yillik yosh guruhlari bo'yicha taqsimlanishi yakunlanadi. Oxirgi yosh guruhi (to yosh va undan kattalar) ochiq yosh oralig'ini tarkib toptiradi, bunda coning aniq kattaligi yangi tug'ilgan bolaning kutilayotgan umr davomiyligining o'rtachasiga va katta yoshlardagi aholining soniga bog'liq bo'ladi.
Besh yillik yosh tarkibi quyidagi yosh guruhlari bo'yicha tuziladi: 0 yosh, 1-4 yosh, 5-9 yosh, 10-14 yosh, ..., 35-39 yosh, ..., 80-84 yosh, ..., 100 yosh va undan kattalar. Bu standart yosh guruhlanishi deb nomlanadi va xalqaro demostatistika amaliyotida qo'llaniladi.
O'n yillik yosh tarkibi quyidagi yosh guruhlari bo'yicha tuziladi: 0 yosh, 1-9 yosh, 10-19 yosh, 20-29 yosh, ..., 60-69 yosh, 100 yosh va undan kattalar.
Yosh tarkibidagi umumiy tuzilmaviy o'zgarishlarni baholash uchun bundan yanada kattaroq yosh guruhlanishlari qo'llaniladi.
Xalqaro amaliyot va statistikada aholining yosh tarkibi iqtisodiy nuqtai nazardan uch guruhga ajratiladi:
' ATa-Mnp3aen O.B. HapftaoHaceJiemie YaSeKHCTaHa: hctophh h coBpe-MeHHocTb. — T.: Hxcthmohh (pHKp, 2009. — C. 154-155.

  • bolalar (0-14 yosh);

  • mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (15-64 yosh);

  • mehnatga layoqatli yoshdan katta bo'lgan aholi (65 va undan yuqori yoshdagilar).

O'zbekiston milliy statistikasida aholi mehnatga layoqatliligi bo'yicha uch guruhga bo'linadi:

  1. Mehnatga layoqatli yoshgacha bo'lgan aholi (0-15 yosh);

  2. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16-54 yoshdagi ayoilar, 16-59 yoshdagi erkaklar);

  3. Mehnatga layoqatli yoshdan katta bo'lgan aholi (55 va undan yuqori yoshdagi ayoilar, 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklar).

Aholi ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yoshiga ko'ra 6 guruhga ajratiladi:

  1. Bolalar (0-15 yosh) — mamlakat jami aholisining eng katta qismini tashkil etib, ularning aksariyati mehnat jarayonida ishtirok etmaydi. Ammo, ushbu aholi guruhining salmog'i mehnat salohiyatining kelgusi va istiqbol ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Chunki, ushbu qatlamning yuqori chegarasidagi o'smirlar tez orada mehnat resurslari safiga qo'shiladi.

  2. O'smir yoshlar (16-24 yosh) — mazkur guruhning katta qismi iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kirib, ularmaktab, akademik litsey, kollej va oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan yoshlar, tug'ruq ta'tilidagi ayoilar hisoblanadi. Shuningdek, mazkur guruh tarkibida iqtisodiyotning qator soha va tarmoqlarida band bo'lganlari ham mavjud bo'lib, ularning mehnat faoliyatlari aksariyat hollarda boshlang'ich ko'rinishga ega bo'ladi.

  3. O'rta yoshlilar (25-30 yosh) — ular o'zining jismoniy holati va imkoniyatlari jihatdan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lib, mehnatga layoqatli jami aholining asosiy qismini qamrab oladi. Bu guruh vakillari asosan o'zlarining aniq hayot yo'llarini tanlab olgan, o'z oilasiga ega bo'lgan va hayotda ma'lum bir yutuqqa erishgan hisoblanadi. Lekin, ularning barchasi ham iqtisodiyotda band bo'lmaydi, chunki ularning orasida yosh bolali onalar va ayoilar ham ko'pchilikni tashkil etadi.

  4. 31-59 yoshdagi aholi — ushbu guruhdagi aholi o'zining yuksak mehnat shakliga ega bo'lib, hayotiy va mehnat tajribasining

yuqori ko'rsatkichiga erishadi. Shu vaqtgacha olgan amaliy ko'nikma va tajribaiarini ishlab chiqarish jarayonlariga safarbar etishadi va mehnat jamoasida alohida o'rin egallashadi. Bu toifa insonlar yoshlarga o'rnak va maslakdosh bo'ladi. Ushbu yosh chegaralari aholisining iqtisodiy faollik darajasi boshqa qatlamlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qatlamning yuqori chegarasida pensiya yoshiga yetgan ayollar ham bo'lib, ular o'zlarining mehnat faoliyatlarini yakunlash taraddudida bo'lishadi.

  1. Qariyalar (60-70 yosh) — mazkur qatlam vakillari pensiya yoshiga yetgan aholi hisoblanib, ularning aksariyati pensiyada bo'ladi. Lekin, ularning orasida o'z mehnat faoliyatlarini davom ettirayotganlari ham bo'lib (ayniqsa, erkaklar), ular ham butunlay pensiyaga chiqish va mehnat faoliyatini yakunlash arafasida bo'lishadi.

  2. Keksalar (70 va undan katta yosh) — ularning deyarli hammasi mehnat faoliyatidan chetlashgan bo'ladi1.

Aholining yosh tarkibini o'rganishda yosh akkumulyatsiyasiga alohida e'tibor qaratish kerak. Chunki, aholini ro'yxatdan o'tka-zishda va sotsiologik so'rovlarda yosh to'g'risidagi ma'lumotlarda xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin