Tadbirkorlikqobiliyat — bu xodimning yaratuvchanlik va yangilikka intilib ishlashini anglatuvchi ko'rsatkichdir. Ushbu qobiliyatga ega bo'lgan ishchilar daromad olish yo'llari va manbalarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lib, biznes yuritish bo'yicha etarlicha bilimga ega boiadilar. Shuningdek, tadbirkorlik qobiliyati tashabbuskorlik va yangi g'oyalarning vujudga kelishini ta'min-laydi. Korxona strategiyasini ishlab chiqish, uning kelgusi rejalarini belgilash va ishlab chiqarishning yangi turlarini joriy etishda ushbu xususiyatga ega kishilar mehnatidan foydalanish o'zining sama-rasini beradi.
Shaxsning hayotiytajriba va ko'nikmadarajasi yillar davomida shakllanib, hayotiy saboqlar va sinovlar natijasida ortib boradi. Jamiyatda ularga nisbatan «ko'pni ko'rgan», «uzoqni ko'ra oladigan» va «sabr-bardoshli» kabi iboralar ham qo'llaniladi. Ushbu ko'rsatkichga ega bo'lgan xodimlar mehnat jamoasida har doim o'z amaliy tajribalari, faolligi va mas'uliyatni his etishi bilan ajralib turadilar. Shuningdek, yosh kadrlarni mehnatga tayyorlash va ularni kasbga, hayotga o'rgatishda hayotiy tajribaga ega kishilaming o'rni kattadir.
Dunyoqarash va ong ko'rsatkichi shaxsning dunyoviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlarining kengligi darajasini anglatib, uning bilim salohiyatini ko'rsatadi. Chunki, dunyoqarash o'qish, izlanish, o'rganish va intilish natijasida shakllanib boradi. Shuningdek, ushbu ko'rsatkich shaxsning o'quv darajasini ham anglatadi. Ushbu xususiyatga ega kishilar o'zlarining ijodiy qobiliyatlari va fantaziyalar ko'lami kengligi bilan ajralib turadilar. Dunyoqarash
va ongning yuqori ko'rsatkichi yangiliklar yaratish, yangi g'oyalarni ishlab chiqish va ilmiy yutuqlarning bosh omili hisoblanadi. Tashabbuskorlik, yangi g'oyalar, ixtiro va ilmiy yutuqlar esa mamlakatda fan-texnikaning taraqqiyotini jadallashtiradi.
Odob-axloq va xulq-atvor me'yorlari insonni bezab turuvchi asosiy fazilatlardan hisoblanib, ushbu ko'rsatkich shaxsning xarakterini ham ifodalaydi. Jamiyatdagi <*etika», «estetika» va «madaniyat» tushunchalari ham aynan kishilarning odob-axloq va xulq-atvor me'yorlaridan kelib chiqadi. Korxonada xodimlar xulq-atvori mehnat jamoasi o'rtasidagi muhitni ham belgilab beradi. Shu sababli korxonada xodimlarni tanlashda ham birinchi navbatda ularning xulq-atvoriga qaraladi. Qaysi jamiyatda odob-ahloq va xulq-atvor me'yorlariga amal qilinar ekan, o'sha yerda ahillik, totuvlik va tartib bo'ladi.
Ma'naviy yetuklik ko'rsatkichi ma'naviy boy, sog'lom va barkamol shaxslarga nisbatan ishlatiladigan tushuncha bo'lib, u o'zida shaxsning barcha sifat ko'rsatchiklarini mujassamlashtiradi. Ma'naviy rivojlanish darajasi kishi ma'naviyatining nechog'lik go'zalligi, fikr va ongining sofligi kabi shaxsiy xususiyatlarni anglatadi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur omil hisoblanadi. Insonning ma'naviy rivojlanishi va tasawurlarining salmog'i ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotga qarab ham 6'zgarib boradi. Bu hoi, o'z navbatida, mehnat. sohasidagi mavjud tamoyillarni to'liq aks ettiradi. Iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda izchil islohotlar amalga oshirilayotgan davrda kishilardagi ma'naviy fazilatlarning roli, ayniqsa, ortadi. Shuningdek, ma'naviy yetuklik - bu fidoiylik va vatanparvalik demakdir. Fidoiylik va vatanparvarlik esa jamiyat taraqqiyoti garovidir.
Aholining sifat xususiyatlarini shakllantirish bevosita quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:
sifat tavsiflarining holatini integral baholash uchun hududlar aholisining sifat indekslarini hisoblab chiqish;
hududlarning aholi sifati darajasi va iqtisodiy o'sish darajalari o'rtasidagi aloqalar zichligini va tavsiftni aniqlash (aholi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy mahsulot miqyosi bilan birgalikda);
sifat tavsiflarining muvofiqlashtirilganlik darajasini baholash;
moddiy farovonlik darajasining ta'sir tavsifini, sifat tavsiflarini muvofiqlashtirilganligini va tarkib topgan aholi sifati darajasini keyingi o'zgarishiga ta'sirini aniqlash;
aholi sifat tavsiflarini takomillashtirishning ustuvor yo'na-lishlari bo'yicha hududlarni tiplarga ajratish.
Aholining sifat indeksini hisoblab chiqish uchun, birinchidan, sifat tavsiflarini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarni tanlab olish, ikkin-chidan, ushbu turfa ko'rsatkichlarni yaxlit holga keltirish kerak. Iqtisodiy, ijtimoiy va demografikjarayonlarni o'zaro aloqadorlikda tahlil qilishning kompleks yondashuviga mos ravishda, har bir sifat tavsifi uning turli jihatlarini aks ettiruvchi (masalan, yosh-jins taqsimoti shaklida aks ettirilgan salomatlikni — o'lim, kasalla-nish, nogironlik, jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari yordamida) ko'rsatkichlar jamlanmasi yordamida ham, umumlashtirilgan, yuqori agregat-langan ko'rsatkichlar yordamida ham tasvirlanishi mumkin.
Bunday umumlashgan ko'rsatkichlar tizimiga tug'ilgandagi kutilayotgan hayot davomiyligi (salomatlik); tug'ilishning umumiy koeffitsienti (tug'ilish); nikohda bo'lgan erkaklar ulushi (nikoh-langanlik); umumiy bandlar tarkibida oliy va o'rta ma'lumotli mutaxassislarning ulushi (ta'lim); pul shaklidagi o'rtacha oylik ish haqini (malaka) kiritish mumkin.
Turfa umumlashtirilgan sifat tavsiflari ko'rsatkichlarining yaxlitlangan ma'lumotlari uchun aholi ehtiyojlarini anglab etilgan-ligi muhim ahamiyatga ega, chunki ular asosida sifat tavsiflarining shakllanishi mavjud bo'ladi. U aholining manfaatlari real tavsifga ega ekanligidan dalolat beradi hamda hayot faoliyatining tarkib topgan sharoitlari nuqtai nazaridan erishiladi. Shu munosabat bilan demografik ehtiyojlarning miqdoriy namoyon bo'lishi individlar ongida ideal tasavvurlar shaklida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan demografik ehtiyojlarning qondirilganlik darajasi ideal ko'rsatmaga mos tushuvchi daraja sifatida ko'rib chiqilishi, sifat tavsifming darajasi esa mintaqalararo qiyoslashlar asosida aniqlanuvchi sifat tavsiflarining umumlashtirilgan ko'rsatkichlariga muvofiq holda mos tushishi darajasi sifatida baholanishi mumkin.
S hunday qilib, barcha sifat tavsiflarining umumlashtirilgan ko'rsat-kichlarini nomlanmagan indekslar shaklida aks ettirilishi mumkin, ular quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
bu yerda: Jh— sifat tavsiflarining muvofiqlashtirilganlik indeksi;
6jj — sifat tavsiflari indekslarining dispersiyasi; Jkn— aholining
sifati indeksi; Rt — sifat tavsifining /-chi ahamiyati (sotsiologik . tadqiqotlar natijalari bo'yicha hisoblanadi); / — aholining rivojlanish indeksi (aholi sifat indeksining yuksalish sur'ati).
Shunday qilib, aholining sifat xususiyatlari jismoniy holat, sog'liq darajasi, ta'lim va ma'lumot darajasi, malaka, kasbiy mahorat, tadbirkorlik qobiliyati, hayotiy tajriba, ko'nikma, dunyo-qarash, ong, odob-axloq, xulq-atvor, ma'naviy yetuklik tavsiflari bilan belgilanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar Aholi soni deganda nimani tushunasiz?
Aholi sonining o'zgarishiga qanday ornillar ta'sir ko'rsatadi?
«Tabiiy o'sish» va «migratsion o'sish» tushunchalariga ta'rif bering.
Promille deganda nimani tushunasiz?
Hayotiylik indeksi qanday aniqlanadi?
Aholining o'rtacha sonini aniqlash tartibini tushuntirib bering.
«Statsionar aholi» tushunchasiga ta'rif bering.
Aholining sifati deganda nimani tushunasiz?
Aholining sifat ko'rsatkichlarini sanab bering.
10. O'zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining eski va yangi
ko'rinishlarini tushuntirib bering.