O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə23/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

S=S{-S0 (3.1)
2) Aholi sonining nisbiy o'sish sur'ati (KA) promilleda o'lcha-
nadi. Promille — ko'rilayotgan kattalikning mingdan bir ulushidir.
bu yerda: S — aholining o'rtacha yillik soni, u davr boshi va oxiriga aholi sonining yarim miqdori sifatida hisoblanadi; /V — tug'ilganlar soni; M— o'lganlar soni. 3) Aholi sonining o'sish sur'ati:

bu yerda: (TP) — davruchun o'sishning o'rtacha sur'ati;
6) Hayotiylik indeksi (7v), tabiiy o'sish sur'ati dan farqli o'laroq, u tug'ilganlarning (N) o'lganlar (M) sonidan farqini emas, balki nisbatini bildiradi:

Tabiiy o'sish sur'ati va hayotiylik indeksi ko'rsatkichlari yordamida aholining tabiiy harakat tezligi o'lchanadi. Agar ma'lum bir vaqt oralig'i mobaynida tug'ilish soni o'lim sonidan ortib ketsa, keksa avlod ko'plab bolalar va nevaralardan iborat avlodlar tomonidan yangilanayotganligini taxmin qilish mumkin.
7) Aholi ni mutlaq o'sish sur'atining jadalligi koeffitsienti va aholi tabiiy o'sish sur'ati jadalligining o'zgarishi koeffitsienti. Ushbukoeffitsientlarning demografik mazmuni shundan iboratki, ular o'rganilayotgan aniq bir hududda yashayotgan aholining ikkita davr oralig'idagi ikkita tutash ro'yxatdan o'tkazish davr-laridagi aholi o'sish sur'atining tabiiy va mutlaq ko'rsatkichlarining o'rtachasini va ular o'rtasida sodir bo'lgan o'zgarishlarni solishtirish imkonini beradi, bu orqali esa uzoq vaqt oralig'ida aholi dinamikasi jarayonlarining jadalligini tavsiflash mumkin bo'ladi.

bu yerda: ATt — aholining mutlaq o'sish sur'atining jadallik
n /1
koeffitsienti;
K-„ — aholining tabiiy o'sish sur'ati jadalligining o'zgarishi koeffitsienti;
ASn/\ — bazaviy davr uchun aholining o'rtacha yillik mutlaq o'sish sur'ati;
A Snn — joriy davr uchun aholining o'rtacha yillik mutlaq o'sish sur'ati;
A — bazaviy davr uchun aholining o'rtacha yillik tabiiy o'sish sur'ati;
A — joriy yoki hisobot davri uchun aholining o'rtacha yillik tabiiy o'sish sur'ati;
S — ikki tahlil qilinayotgan davr uchun aholining o'rtacha yillik soni.
Yuqoridagi ko'rsatkichlarning afzalliklari shundan iboratki, birinchidan, uzoq davr uchun aholining vaqt mobaynidagi o'zga-rish jadalligini miqdoriy baholash, ikkinchidan, mamlakatlar va hududlar bo'yicha qiyosiy tahlil o'tkazish imkonini beradi.
Aholi soni dinamikasi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga, rivojlanishning tarixiy xususiyatlariga, demografik vaziyatga, shuningdek, mamlakatdagi va dunyodagi siyosiy holatga bevosita bog'liq bo'ladi1 (3.1-rasm).
Dinamika ko'rsatkichlari aniq bir hududdagi aholining vaqt ichidagi harakatini, uning o'sishi, barqarorlashuvi yoki kamayishi, ushbu rivojlanishning asosiy tendentsiyalarini aniqlash haqida birlamchi tasawiir qilish imkonini beradi.
Aholi soni kuzatilayotgan davr mobaynida o'zgaradi, shuning uchun omillar soni, masalan, tug'ilishlar soni mos ravishdagi vaqtda o'rtacha aholiga nisbati olinadi.
Aholining o'rtacha soni (o'rtacha aholi) — bu oddiy tadrijiy (xronologik) o'rtacha miqdorni anglatuvchi ko'rsatkichdir. Agar aholi sonini vaqtning S (t) funktsiyasi sifatida olib qaraydigan bo'lsak, / = tn dan t= /„+ Tgacha bo'Igan davrda (bu yerda: T— kuzatish davri kattaligi) o'rtacha aholi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Integralning o'ng tomonida turgan son berilgan davr mobaynida aholi tomonidan yashab o'tilgan kishi-yilning umumiy sonidir. Uni Tdavr uzunligiga bo'Iadigan bo'lsak, o'rtacha aholi sonini hosil qilamiz.
Yil boshi va yil oxiri soni mavjud bo'Igan holda aholining o'rtacha yillik sonining yarim miqdori aniqlanadi. Bunda ikki oraliqdagi davrlar orasidagi mavjud aholi sonining ma'lum bo'Igan miqdori bir tekisda o'zgargan, deb qabul qilinadi. Agar ushbu bir tekis o'zgargan miqdorni aholining mavjud harakatlanishi xususiyatlari keskin buzib yuborgan bo'lsa, ularni maxsus to'g'rilashlar asosida hisoblash mumkin bo'ladi. Masalan, agar yil boshi va yil oxiriga shahar aholisi sonidan tashqari 400 va 410 mingni tashkil qilganligi ma'lum bo'lsa va agar undan 60 mingi
o'rtacha 24 kunga yoki —r yilga ta'tilga ketgan bo'lsa, bu holat
o'rtacha aholi sonini — dan 60 minggacha kamaytirgan bo'lar
edi. Shunday qilib, o'rtacha aholi quyidagini tashkil qilgan bo'lar edi:

Agar kattaroq muddat uchun aholi to'g'risidagi ma'lumot faqatgina yil boshi va oxiriga mavjud bo'lsa, bunda ko'pincha berilgan davr oralig'ida notekis taqsimlangan aholi sonining o'zgarganligi to'g'risidagi ehtimoldan kelib chiqish maqsadga

muvofiq bo'lib, uning doimiy sur'atini, ya'ni geometrik progressiyasini olish kerak. Bunda

bu yerda: S0 davr boshida aholi soni, STdavrning boshlanishidan e'tiboran uning oxirgi davrida bo'lgan soni. Bunday holda:

ya'ni, butun davr davomida aholi o'sishini uning natural logarifmi o'sishiga bo'lgan nisbati.
Masalan, Farg'ona vodiysi aholisi 2000 yili 6009 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2010 yilga-kelib bu ko'rsatkich 6854 ming kishiga teng bo'lgan. U holda 3.10-formula bo'yicha quyidagi ko'rsatkichni hosil qilamiz:

bunda bir tekisda o zgansh gipotezasi bo'yicha quyidagi ko'rsat-kichga ega bo'miz:
0,5 (6009+6854)=6431,5 (ming)

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin