Statsionar aholi — umumiy soni, yosh-jins guruhlarining soni o'zgarmas aholidir. Shu bilan birga, statsionar aholida tug'ilish va o'lim tartibi ham o'zgarmaydi. Yosh-jins tug'ilishiga keladigan bo'isak, ahoiining statsionariigi u o'zgargan holda ham saqlanib qolishi mumkin: buning uchun ma'lum bir yoshlarda tug'ilishning ko'payishi uning boshqalarida kamayishi bilan kompensatsiya qilinadi.
Shunday qilib, aholi soni muayyan hududda yashovchi ahoiining miqdori hisoblanadi va u yuqorida sanab o'tgan qator ko'rsatkichlar bilan o'lchanadi.
3.2. Aholi sifati va uning xususiyatlari Aholi xususiyatlari individlar xususiyatlarining jamlanmasini o'zida aks ettiradi va emperik kuzatiladigan hamda o'lchanadigan sifat tavsiflari shaklini oladi. Masalan, tug'ilish va o'lim aholi sonining o'zgarishi yoki saqlanib qolish xususiyalini tavsiflaydi; nikoh va ajralish — nikoh ittifoqini vujudga keltirish xususiyatini; salomatlik — avlod va individning biologik funktsiyalarining barqaror ushlab turish xususiyatini; ta'lim darajasi — sivilizatsiya yutuq-lariga erishishga ko'mak beruvchi bilimlar tizimini o'zlashtirish xususiyatini; malaka va professional daraja — ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish va yashash uchun kerak bo'ladigan vositalarni ta'minlay olish xususiyatini tavsiflaydi. Aholining barcha xususiyatlari bir-biri bilan o'zaro bog'liq va ularning hech bin alohida, mustaqil holda mavjud bo'lishi mumkin emas.
Aholining sifat ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
jismoniy holat va sog'liq darajasi;
ta'lim va ma'lumot darajasi;
malaka va kasbiy mahorat;
tadbirkorlik qobiliyati;
hayotiy tajriba va ko'nikma;
dunyoqarash va ong;
odob-ahloq va xulq-atvor;
ma'naviy yetuklik.
Endi aholining sifatini tavsiflovchi ko'rsatkichlarga batafsil to'xtalib o'tamiz.
Aholining sifat ko'rsatkichlarini belgilovchi dastlabki omil — bu jismoniy hoiat va sog'liq darajasidir. Har bir inson to"la-to'kis hayot kechirish va o'zi tanlagan mehnat faoliyati sohasida ishlay olishi uchun muayyan sog'liq va jismoniy rivojlanish darajasiga ega bo'lishi kerak. Mazkur ko'rsatkich insonning jismoniy imkoniyatlari, quvvati va salohiyatini belgilaydi. Aynan ushbu imkoniyatlargina ishlab chiqarishni tashkil etish, samarali boshqarish va iqtisodiyotni yuritish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Aholi va inson resurslarining muhtm sifat jihatlaridan biri ularning ta'Iimi va ma'lumot darajasidir. Umumiy va kasbiy ta'lim
darajasi aholining ob'ektiv sifatini ifodalashga xizmat qilib, inson-ning imkoniyatlarini kengaytirib, jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantiradi. U ijtimoiy ishlab chiqarish samarador-ligini oshiruvchi va uning qatnashuvchisi bo'lgan insonni har tomonlama takomillashtirish va imkoniyatlarini kengaytirishning muhim omiii sifatida maydonga chiqadi.
Quyidagi 3.1-chizmada O'zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining eski va yangi ko'rinishlari berilgan.
Manba: A6flypaxMOHOB K..X., HmomobB. foSeKHCTOHfla Mex.HaT noTeHUHaJinaaH caMapara 4>0HaanaHHUi sa vhh6ouiR;apniii. MoHorpa4>HH. - T.: AKaneMHH, 2008. - 75 6.
Demak, yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, hozirgi kunda maiakaii kadrlar tayyorlashning o'ziga xos xususiyati uning uzluksizligidan iboratdir. Uzluksiz ta'lim tizimining amalga oshirilishi natijasida yosh avlod kasb-hunarga va malakaga ega bo'ladi. Bu esa aholi sifatining oshishiga olib keladi.
Aholining malaka va kasbiymahorat ko'rsatkichi, bir tomondan, xodimning doimiy ravishda murakkablashib boruvchi mehnat
funktsiyalarini bajarishga, mehnatning o'zgarishiga tayyorligi, ikkinchi tomondan, mehnatga munosabatni, mehnat intizomini, mehnatning intensivjigini shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich xodimning yillar davomidagi mehnat faoliyati, amaliy tajribalari va nazariy bilimlari asosida shakllanadi. Malaka va kasbiy mahoratning yuqori ko'rsatkichi ishchining o'z mutaxassisligini yaxshi egallagani, kasbiy tayyorgarlikka egaligi va zamonaviy talablarga javob bera olish qobiliyatlaridan dalolat beradi. Ushbu omil orqali jamoa va jamiyatda yangi yutuqlarga erishish va yuqori marralarni zabt etish mumkin bo'ladi.