«quyidan keksayish» — bu tug'ilishning qisqarib borishi nati-jasida aholining yosh tarkibida bolalar salmog'ining kamayib, qariyalar salmog'ining esa ortib borishidir;
«yuqoridan keksayish» — bu tug'ilishning kamayishi sharoi-tida keksa yoshdagi aholi o'rtasida o'limning qisqarishi, tug'ilganda kutilayotgan hayot davomiyligining uzayishi hisobiga qariyalar salmog'ining ortib borishidir.
Ilmiy kuzatishlarimiz ko'rsatishicha, aholi asosan tug'ilishning kamayishi hisobiga qariydi, ya'ni «quyidan» keksayish jarayoni sodir bo'ladi. Shu bilan birga, hozirgi davrda rivojlangan G'arb mamlakatlari va Yaponiyada tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar tufayli qariyalar orasida o'lim holatlari keskin kamaydi va aholining o'rtacha umr ko'rish muddali uzaydi. Buning natijasida aholining «yuqoridan» keksayish jarayoni boshlandi.
Aytish joizki, aholining keksayishi jarayonining rivojlanishi quyidagi qator ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga olib keladi:
• aholining iqtisodiy faolligini pasaytiradi;
pensiya jamg'armasi zimmasiga pensiyalar to'lash harajat-larining benihoya og'ir yuki tushadi;
qariyalarga tibbiy xizmat ko'rsatish uchun qo'shimcha mablag' sarflash, geriatrik muassasalar tarmog'ini kengaytirish va butun sog'iiqni saqlash tizimini sifatli tarzda qayta qurishni talab qiladi;
hali ishlashni istaydigan «yosh qariyalarni» ish bilan ta'minlash;
moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasining tuzilmasiga ta'sir qiladi, ya'ni qariyalarning ehtiyojlariga muvofiq ravishda tovar va xizmatlar assortimentini o'zgartirishga to'g'ri keladi.
Shunday qilib, aholining keksayishi aholi tarkibida qariyalar ulushining ortishi hisobiga kelib chiqadi va mazkur muammoga duchor bo'lgan har bir mamlakat o'z iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda keksalarning turmush farovonligini oshirishga harakat qilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar Aholi tarkibi deganda nimani tushunasiz?
Aholining jinsiy tarkibiga ta'sir etuvchi omillami aytib bering.
Jinslarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi nisbatlarini farqlashni tushuntiring.
«Aniq yosh» va «yillar to'lgandagi yosh» tushunchalariga la'rif bering.
Aholining yosh tarkibiga ta'sir etuvchi omillarni sanab bering.
Aholi ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yoshiga ko'ra nechta guruhga ajratiladi?
Yosh akkumulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
«Yosh kontingenti» tushunchasiga ta'rif bering.
Aholining yosh-jins piramidasi qanday maqsadlarda tuziladi?
Progressiv. statsionar va regressiv yosh tarkiblarining farqi nimada?
Demografik yuk koeffitsienti deganda nimani tushunasiz?