O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə90/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

10.3. Mehnat migratsiyasi
Mehnat migratsiyasi deganda, odatda mehnatga qobiliyatli aholining ishlab chiqarishni rivojlantirisli va joylashtirishdagi o'zgarishlar bilan bog'liq makoniy ko'chib yurishi tushuniladi.
Halqaro Mehnat Tashkilotining tasnifi bo'yicha mehnat migratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:

  • shartnoma asosida ishlovchilar. Bu holda migrantlarni qabul qiluvchi davlat tomonidan ularning mazkur mamlakatda bo'Iish muddatlari aniq belgilab qo'yiladi. Migratsiyaning mazkur turi asosan ish kuchini mavsumiy (masalan, qishloq xo'jaligi, qurilish) ishlarga jalb qilish bilan bog'liqdir;

  • malakali kadrlar migratsiyasi. Migratsiyaning bu turiga yuqori malakali mutaxassislar yoki ishchilarni imtiyozli tartibda (yuqori ish haqi, boshqa imtiyozlar hisobiga) ishga taklifqilinishi misol bo "la oladi;

  • noqonuniy migratsiya. Bu noqonuniy ravishda boshqa mamlakatlarda mehnat faoliyati bilan shug'ullanishdir;

  • qochoqiar. Migratsiyaning bu toifasiga hayoti xavf ostida qolishi oqibatida boshqa joylarga ko'chishga majbur bo'lganlar kiradi;

  • ko'chmanchilar. Ular doimiy yashash uchun boshqa joyga ko'chib borganlardir.

Mehnat migratsiyasi hudud, ish kuchi malakasi. davomiyligi bo'yicha hamda qonun jihatidan tasniflanadi (10.1-rasm).
Hudud bo'yicha icliki va tashqi mehnat migratsiyasi bir-biridan farqlanadi. Ichki mehnat migratsiyasi bir mamlakat miqyosida, mintaqalar, tuman va shaharlar o'rtasida bo'ladi. «Tashqi mehnat migratsiyasi* deyilganda ish kuchining bir davlatdan boshqa davlatga ko'chib o'tishi tushuniladi. U quyidagi xususiyatlarga ega:
• rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga
mehnat migratsiyasi;

Manba: 3oKnpoBa H., AG/xypa^MOHOB 0. Hhk«po3: o^nSaxnap, 6apTapacJ) sthui, iuex;HaT MyaMMonapn Ba «Hrn Mappanapra iwgtm. - T.: Fan va texnologiya, 2009. - 177 6.

  • rivojlangan mamiakatlar o'rtasida mehnat migratsiyasi;

  • rivojlanayotgan mamiakatlar o'rtasida mehnat migra­tsiyasi.

Ish kuchlari malaka bo'yicha yuqori malakali hamda past malakali ish kuchlari migratsiyasiga bo'linadi. Mehnat migratsiyasi davomiyligiga qarab:

  • doimiy yoki uzoq muddatga mo'ljallangan (boshqa mam-lakatga doimiy ko'chib ketish yoki qishloq joylaridan shaharga doimiy yashashga ko'chib ketish);

  • vaqtinchalik (masalan, shartnoma asosida boshqa mamlakatga muayyan davrga ishlash uchun borish);

  • mavsumiy (masalan, qishloq xo'jaligi ishlariga jalb etish);

  • tebranuvchan (ish kuchining bir hududdan ikkinchisiga, masalan qishloq joylaridan shaharlaiga muntazam qatnab ishlashi).

Mehnat migratsiyasi qonuniy, ya'ni mamlakatda amal qilayot-gan qonunchilik, xalqaro huquq me'yorlari, davlatlararo huquqiy bitimlar asosida hamda noqonuniy bo'lishi mumkin.
Bugungi globallashuv sharoitida mehnat migratsiyasi ommaviy tus olgan. Masalan, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati manilakat-larida ekspertlar xulosalariga ko'ra, mehnat migrantlari ish bilan band bo'lgan aholining taxminan 4,0-5,0 foizini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda noqonuniy, ya'ni ro'yxatga olinmasdan mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlar ham ko'pchilikni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasi bo'yi-cha faol davlat siyosati amalga oshirilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabrdagi 505-son qaroriga muvofiq mamlakat fuqarolarining xorijiy davlat-larda mehnat faoliyatini amalga oshirish tamoyillari belgilab berilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mam­lakat qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnoma va bitimlar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqish huquqiga ega. Xususiy mehnat shartno-maiari bo'yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarda ishlash uchun faqat O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatno-malar bo'yicha chiqish mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mamlakatda ish kuchining tashqi migratsiyasini tartibga solish va boshqarish bo'yicha vakolatli davlat tuzilmasi hisoblanib, uning asosiy vazifa-lari quyidagilardan iborat:
• mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish;
• O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda va xorij
fuqarolarini O'zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun
kvotalar ajratish va ruxsatnomalar berish masalalari bo'yicha
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;

  • 'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini ro'yobga chiqarishda ishga joylashtirish, xorijda ishga joylashtirishga nomzodlar bilan dastlabki ko'nikuv tadbirlarini o'tkazish yo'li bilan ularga ko'maklashish;

  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijlardagi va xorijlik fuqarolarning O'zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

  • fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar, shuningdek, xorijga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko'niktirish va o'qitish markazi faoliyatini muvofiqlashti rish;

  • xorijiy ish kuchlarini yollovchi xorij firmalari (korxonalar, muassasalar, kompaniyalar) bilan hamkorlikni rivojlantirish;

  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorij mamlakatlariga jo'natish uchun nomzodlarni tanlab olish bo'yicha idoralararo komissiyaning qaroriga muvofiq ruxsatnomalar berish yoki mavjud ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish;

  • yuridik shaxslarga xorijiy ish kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berish yoki mavjud ruxsatnomalar amal qilish muddatini uzaytirish.

Shu bilan bir qatorda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha agentlik mamlakat fuqarolarining xorijda ishga joylash­tirish uchun kvotalar ajratish masalalarini hal etadi. Bu to'g'risida tegishli mamlakatlar migratsiya xizmatlari bilan jhartnoma va bitimlar tuzadi hamda ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpog'iston Respub­likasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyat-lar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari takliflariga muvofiq tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil etadi, aholi mehnat migratsiyasini rivojlantirishning uzoq muddatli va o'rta muddatli prognozlarini hisobga olgan holda xorijiy fuqarolarga mamlakat hududida meh­nat faoliyatiga tasdiqnomalarberadi. Shuningdek, agentlik Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy organlari bilan birgalikda xorijga yuborilgan fuqarolar mamlakatga qaytganlaridan

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin