^ s! y ~^r Qarindosh - Boshqa „ Merosva
urug'chilik: qarindoshlik ., . ko'chmas mulk
amaki, amma, tog'a, aloqalari iassarunaagi tarzidagi oilaviy
mulklar „ , ... .
1 ' mulk snakliari 11.2-rasm. Oila shakllanishining ijtimoiy, iqtisodiy va demografik asoslari.
Sotsiologiya nikohga asoslangan va muayyan ishlarni bajaruvchi ijtimoiy institut sifatida diqqat qaratadi.
Demografiya esa oilani aholining takror barpo bo'lish yachey-kasi sifatida o'rganadi, shu munosabat bilan birinchi o'ringa uning reproduktiv mayli, oilaning hosil bo'lish va rivojlanish jarayonining o'zi yoki uning demografik rivojlanishi ko'tariladi. Boshqacha qilib aytganda, demografiya oilaning hayotiy siklini o'rganadi. U qator davrlarga bo'linadi:
oilaning paydo bo'lishi (birinchi nikohdan o'tish);
farzand tug'ilishining boshlanishi (birinchi farzandning tug'ilishi);
farzand tug'ilishining tugashi (oxirgi farzandning tug'ilishi);
«bo'sh uya» — oxirgi farzandning nikohga kirishi va oiladan ajralib chiqishi;
oila hayotining tugashi.
Oilani hayot siklining boshqa versiyalari ham mavjud bo'lib, ularni quyidagi davrlarga ajratib ko'rsatish mumkin:
• sirdoshlik, yaqinlik: er-xotinlarning shakllanish bosqichidagi
o'zaro munosabatlar. Bu davrdagi vazifa — bir-biriga ko'nikish,
moslashishdir;
to'lishish, boyish: oilada farzandlarning dunyoga kelish davri. Vazifa — oila a'zolarida tarbiyaviy qobiliyat va imkoniyatlarni rivojlantirish;
individuallashish, oila a'zolarining ajralib chiqishi: oiladagi bolalar maktabga bora boshlagan payt. Vazifa — ota-onalar shaxsi-ni bola shaxsidan ajratib olish va oilada ham, undan tashqarida ham yordam ko'rsatish;
o'noqlik munosabatlari: oilada o'smir bolalar mayjud bo'lgan davr. Vazifa — bola va ota-ona o'rtasida uning o'sib borayotgan mustaqilligini tushunishga asoslangan munosabatlarni o'rnatish;
qayta guruhlanish: voyaga yetgan farzandlar ota-ona uyini tashlab ketadi. Vazifa — avlodlaro'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'zgartirish, ota-onalar va bolalar o'rtasida «kattalar kattalar bilan» singari o'zaro munosabatlarga o'tish;
• tiklash — oilada ota-ona tashvishlari to'la yo'qoladi. Vazifa —
- bolalarsiz er-xotin juftligi munosabatini tiklash. Bolalar va ota-
onalar munosabatlari ham o'zgarib ketadi;
• o'zaro qo'llab-quwatlash — ota-onalar pensiyada, er-xotin
ko'pincha buva va buvi bo'lib qoladi. Vazifa — avlodlar o'rtasida
o'zaro qo'llab-quwatlash tizimini yaratish.
Iqtisodiyotda «uy xo'jaligi» degan tushuncha bor, lekin buni ro'zg'ordagi xo'jalik ishlari deb tushunish noto'g'ri. Bu tushuncha iqtisodiy faoliyat yurituvchi xonadonni anglatib, bunda oilasizlar va oilalar tushuniladi. Uy xo'jaligining aksariyat qismini oila tashkil etadi. Bu xo'jalik iqtisodiyotning faol subyekti, ya'ni ishtirokchisi bo'lib, u iqtisodiy oborotda qatnashadi. Bu oborot mazmunan jamiyatda yaratilgan mahsulotlar, xizmatlar va ular qiymatining ifodasi bo'lgan pul mablag'larining aylanma harakatining bildiradi. Masalan, oila resurs bozoriga o'z tovarini: ish kuchi, ko'chmas mulki, yeri (agar u xususiy bo'lsa) va kapitalini chiqarib sotadi hamda evaziga pul oladi. Oilaga tegishli resurslarni firmalar va davlat sotib oladi. Oila o'z qo'liga tekkan pulga mahsulot va xizmatlar bozoriga firmalar yetkazib bergan tovarlarni, firmalar aksiyasini sotib oladi va shu hisobidan dividendga ega bo'ladi.
Oilaning davlat bilan munosabati o'ziga xosdir. Oilaning daromad keltiruvchi a'zolari davlatga soliq to'laydilar va shu
hisobidan davlatning ijtimoiy xizmatlaridan (xavfsizlik, obodon-chilik, bilim olish, davolanish) foydalanadi.
Iqtisodiyotning bir maromda rivojlanishi uchun resurslar, eng awalo, ishchi kuchi zarur bo'lib, ularni oila etkazib beradi. O'z navbatida yaratilgan mahsulot va xizmatlar sotilishi hamda iste'-molga kelib tushishi kerak. Iste'molchilar esa oilada jamlangan, chunki kamdan-kam hollarda iste'molchi oiladan tashqarida yashovchi yakka kishilardan iborat bo'ladi. Oila mahsulotlarni xarid etmasa, ishlab chiqarish to'xtab qoladi, chunki ular sotil-maydi.
Oilaning faoliyatiga firmalar ishi, davlat tuzumining barqarorligi ta'sir qiladi. Oilani rnikroiqtisodiyotningbirko'rinishi deb qaraladi. Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyotga (milliy iqtisodiyotga) bog'liq bo'ladi. Shu sababli oilaning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta va buni oilaning iqtisodiy vazifalarida ko'rish mumkin. Bu vazifalar shartli ravish da 3 qismga ajratiladi:
Mehnat resurslarini yetkazib berish.
Iste'mol etish va uy xo'jaligini yuritish.
Ishlab chiqarish.
Tqtisodiyotda "inson kapitali" degan tushuncha bor. Bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyati boiib, ishchi kuchi shakliga ega. Oilada bola tug'iladi, tarbiya topib voyaga yetadi va mehnat resurslariga kelib qo'shiladi. U ulg'aygach, moddiy ne'matlar va xizmatlar yaratishda qatnashadi hamda jamiyatning iqtisodiy salohiyati va uning milliy boyligini oshirishga hissa qo'shadi.
Oilada inson kapitalini shakllantirish farzandning tug'ilishidan boshlanadi. Farzand voyaga yetib oyoqqa turgunicha, oiladan anchagina moddiy va mehnat sarfini talab qiladi. Jamiyat rivojlan-gan sari bolalar tarbiyasi oila uchun serxarajat ishga aylanadi, shu sababli ota va ona bolalar sonining me'yorli bo'lishiga intiladi. Inson kapitalini shakllantirish bolalarni yedirib-ichirish va kiyin-tirish bilan cheklanmaydi, balki ularni mustaqil hayotga tayyorlash, iqtisodiy sharoitga moslashtirishni ham bildiradi. Oila zimmasiga ulg'aygan bolalarni amaliy ishga jalb etish ham yuklatiladiki, bu ularni oilaviy biznesga tortish, uy xo'jaligini yurgizishga jalb etish va yollanib ishlab pul topishni ham taqozo etadi.