Ekonometrik prognoz usullarida aholining tabiiy harakat ko'rsatkichlari matematik bog'lanishlar vositasida aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy omillar darajalari bilan bog'liq o'zgaruvchilar sifatida ko'riladi. Xususan, demograflar orasida uzoq davr mobay-nida tug'ilishning o'rtachajon boshiga to'g'ri keladigan daromadi bilan (D) U-shakldagi bog'lanishi xususida uzoq vaqtgacha tortishuvlar bo'lgan. Bunday bogianish m-guruhi uchun quyida-gicha ifodalanadi:
bm(t) = fl0 + fl,x D(t) + a2x D2(t).(12.1)
Migratsion harakat ko'rsatkichlarining tashqi omillar bilan bog'liqligi xususida ham bir qator qiziqarli gipotezalar ilgari surilgan. Masalan, migratsion harakatlarni prognoz qilishda quyidagi ko'rinishdagi gravitatsion modellar qo'llanilishi mumkin:
ynr =k{ZnY{xrflcnr. (12.2)
Bu yerda: Z" — odatda n — hududining tortishini tavsiflab, masalan, mehnat sarflanadigan joylar soni orqali ifodalanadi; cm— ushbu hududlar o'rtasidagi masofani ifodalovchi o'zgaruvchi; k, a, p — model konstantalari. Shunday qilib, r hududidan n hududiga bo'lgan migratsiya n hududi tortishi va r hududi aholisi soniga mutanosib bo'lib, ular o'rtasidagi masofaga (masofa kvad-ratiga) teskari proportsionaldir.
Tug'ilish va o'lim tavsiflarining imitatsion modellarini qo'llash orqali baholashga urinishlar qilingani ham ma'lum. Masalan, «Mir-2» va «Mir-3» Rim klublarining modellarida bu tavsiflarning istiqboldagi qiymatlari, ovqatlanish sifati, atrof-muhit holati va
h.k.lar bilan bog'liq. Boshqa hollarda tug'ilishning yosh koef-fitsientlari er-xotinlarning reproduktiv maylini ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, fe'1-atvori, farzand ko'rish istagi, organizm fizio-logiyasi va boshqa stoxastik tabiatga ega omillarni hisobga olib yasama qilish asosida aniqlangan. Modeldagi ushbu omillarning qiymatlari tasodifiy tarzda ularning ehtimoliy zichligining eksperi-mental yo'l bilan taqsimlanishidan kelib chiqadi.