Prognozning ishonchliligi deganda, odatda uning qiymatini jarayon rivojlanishi sharoitlarining saqlanishi holatida berilgan ishonch intervaliga tushish ehtimolining bahosi tushuniladi. Ishonch intervalining kengligi shu ehtimoliylik bilan bog'Iiqligini hisobga olib, quyidagi xulosaga kelish mumkin; prognozning aniqligi va ishonchliligi o'zaro bog'liq tushunchalar bo'lib, bu aniqlik tavsifi ishonchli ehtimoliylik asosida belgilanishi va shuning aks holati, ya'ni ishonchlilik aniqlikka tayanishining kuzatilishida namoyonbo'ladi.
Demografik prognozlashtirishning ahamiyati.Demografik prognozlar aholining takror barpo bo'lish tendentsiyalarini, shu jumladan, urbanizatsiyaning keyingi rivojlanishini, aholining ta'lim va madaniyat darajasining o'sishini, o'limning kamayishi va hayot
davomiyligining oshishini, ko'pfarzandlilik an'analarining asta-sekin yo'q bo'lib borishini, oila vazifalarining o'zgarishini, aholi-ning ijtimoiy va hududiy safarbarligining oshishini, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va etnik omillar bilan bog'liq bo'lgan turli mintaqalarning demografik rivqjlanishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Demografik prognozlar istalgan ijtimoiy rejalashtirish asosida tuzilganligi bois quyidagilami amalga oshirish imkonini beradi:
ijtimoiy-demografikguaihlarning turli tovarlar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini baholash (iste'molning yosh-jinsni hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga va h.k.larga bo'lgan ehtiyojlari). Masalan, oila uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar-ning asosiy iste'molchisi hisoblanadi. Shuning uchun ularga bo'lgan talabni hisob-kitob qilishda aholining oUaviy tarkibini bilish lozim;
ijtimoiy soha ob'yektlarining rivojlanishi va joylashtirilishini baholash;
ijtimoiy ta'minot, tibbiy xizmat ko'rsatishning aniq shakllarini rivojlantirish bo'yicha davlat chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Aholining keksayishi sharoitida pensionerlar sonini, ularning oilaviy ahvolini, sog'ligini prognozlashtirish dolzarbdir;
ijtimoiy siyosat, ya'ni bandlik, ta'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash sohasidagi siyosatni rivojlantirish yo'nalishlarini rejalashtirish. Masalan, aholining milliy va til tarkibi dinamikasining prog-nozlari mamlakatda, ayrim mintaqalarda madaniyatni rivojlanti-rishni rejalashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib, demografik prognozlar mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash, suv ta'minoti, energiyani islilab chiqarish va iste'mol qilish, atrof-muhitni ifloslantirish, sog'liqni saqlash tizimi, ijtimoiy sug'urta va boshqa sohalarda hisobga olinadi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirishning asosini tashkil qiladi.,