О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


«Muxalles»dutorchilar ansambli



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə59/91
tarix12.09.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#142929
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

«Muxalles»dutorchilar ansambli. 1976 yilda Qoraqalpog‘iston xalq baxshisi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori, ustoz san’atkor Genjebay Tileо‘muratov tomonidan teleradiokompaniya qoshida tashkil etilgan. Ansambl о‘z faoliyatida О‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining «Nizom»iga amal qiladi. Mazkur «Nizom» ansamblning faoliyatini tashkil etish va ijodiy tarkibini shakllantirishning tartib va mezonlarini belgilaydi.Ansamblning asosiy maqsadi qoraqalpoq xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan-avlodga noyob meros sifatida о‘tib kelayotgan xalq dostonlarini ijro etish san’ati orqali xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ongida bebaho oltin merosimizga chuqur hurmat va havas tuyg‘ularini shakllantirish, ularda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimizdan faxrlanish hislarini oshirishdan iborat.
Lazgi” ashula va raqs ansambli. 1958 yilda tashkil topgan.Komiljon Otaniyozov rahbarlik qilgan ushbu ansambl о‘sha davrda «Xorazm ashula va raqs ansambli» deb nomlangan. Ansamblda О‘zbekiston xalq artisti Komuna Ismailova, Roza Sapayeva, Sherozi ota, Nurmamat ota, Fozil Xarratov, Muxammadjon Mirzayev, Otaxon Matyoqubov, Najot Tо‘raxо‘jayevlar, Otamurod Xojiyev, Rashid Rahmonov, Gulummat Sobirov, Nurilla Jumaniyozov, Mavluda Oynaqulova, Nurjaxon Sattorova, Nazokat Jabborova, Hasan Karimov, Otamurod Bekchonov, Gulsara Yoqubova, Feruza Solihova, Ilgiza Zaripova, Zamira G‘afforova va boshqalar faoliyat kо‘rsatganlar.Hozirgi davrda ushbu jamoaga О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov rahbarlik qilmoqda.
«Bulbulcha» bolalar ashula va raqs ansambli. 1970 yilda О‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshida Shermat Yormatov rahbarligida faoliyatini boshlagan. Shermat Yormatov yaratgan «Chitti gul», «Chillak о‘yini», «Lola sayli», «Assalom hayot» qо‘shiqlari jajji bolajonlarning sevimli ashulalariga aylanib, «Bulbulcha» ansamblining ramzi sifatida yangray boshladi. Ushbu ansamblda О‘zbekistonda besh yoshdan о‘n sakkiz yoshgacha bо‘lgan bolalar qо‘shiq olami va san’ati bilan oshno bо‘lib, jajji bolalarning boy ichki olamini dunyo bо‘ylab kuyladilar. Hozirda ansambl tarkibida kichkintoylar xor guruhi, о‘rta yoshdagilar (3-7 sinflar) xor guruhi, о‘smir- yoshlar xor guruhi (15-20 yoshdagilar), kichkintoylar raqs guruhi, о‘rta yoshdagi bolalar raqs guruhi, folklor guruhi, vokal ansambli, yosh maqomchilar ansambli va milliy xalq cholg‘uchilar guruhlari mavjud.

Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin