О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yangi pedagogik texnologiyalarning foydalanish



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə77/91
tarix12.09.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#142929
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Yangi pedagogik texnologiyalarning foydalanish
Tarixda ilk bor amalda isbot qilingan- ijodiy imtihonlar orqali iste’dodli yoshlarni saralab olish borasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti misolidagi “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi tomonidan tayyorlangan videosyujet taqdim qilinadi.
Taqdimot shaklida ijodiy imtihonlarning afzalligi va saralab olish bosqichlari talabalarga havola etiladi.
Interfaol metodlardan foydalanish, aqliy hujum, fikriy hujum, blits-sо‘rov,yozma va og‘zaki davra suhbati,tushunchalar asosida matn tuzish.
Klaster usulidan foydalanib madaniyat va san’at sohasi tizimiga qо‘yiladigan talablarni aniqlash.
Amaliy mashg‘ulotni taqdimot (prezentatsiya) shaklida olib borish, mavjud slaydlarning mazmun –mohiyatini chuqur tushuntirib berish.
О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar
Nazorat savollari.
1.Prezident qarorining afzalligi haqida gapirib bering.
2.Ijodiy imtihonlar haqida nimalarni bilasiz?
3. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kuchli iqtidor egalarini saralab olish tadbirlaridan xabardormisiz?
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.


9-Mavzu. Boshqaruvning xorijiy modellari.(2 soat)
Reja
1.G‘arb davlatlarida boshqaruvning о‘ziga xos modellari.
2.Boshqaruvning xitoy, shved, yapon, nemis, amerikacha modellari.
3.О‘zbekistonda boshqaruvning о‘ziga xos xususiyatlari: qiyosiy tahlil.


Darsning maqsadi, vazifasi
Talabalarga jahon davlatlari, g‘arbu sharq mamlakatlarida boshqaruv faoliyatining о‘ziga xos modellari qiyosiy tahlillar orqali tushuntirib beriladi.
Xorijda boshqaruv bо‘yicha yapon tajribasi butun dunyo tan olingan tajribalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Dunyo hamjamiyatining e’tirofiga kо‘ra о‘ta qisqa vaqt mobaynida 1945 yildan sо‘ng yapon boshqaruvi sezilarli darajada yuksalish sari yuz tutdi. Yaponlar eskidan qolgan tashkiliy tizimni tubdan о‘zgartirish,insoniy tajriba va faqat intellekt mujassam topgan yangi boshqaruv tizimini amalda isbot qildilar.”Yapon boshqarish tizimi”ni yaratish, boshqarishda nazariy kuchli, amaliy qо‘llanadigan konsepsiyalarning belgilanishi, maqsadni aniq kо‘rish, ishda erkinlikni ta’minlash, “Sifat tо‘garaklari”ning mavjudligi va bu tо‘garaklarda oddiy ishchidan to tashkilot boshqaruvchilarigacha ijodiy g‘oyalari bilan qatnashishi, izlanish, tashabbuskorlik, kerak bо‘lsa о‘zini qurbon qilish bilan boshqa xorijiy, an’anaviy boshqaruvdan keskin farq qiladi.Yapon davlati manfaati birinchi va oliy qadriyat degan tushuncha ularning qon-qoniga singib ketgan.
Kundalik hayotimizda “nemischa hisob- kitob” (nemetskiy raschyot) degan tushuncha bor, bu tushuncha nemis xalqining hamma narsadan vaqt qimmatligini, hamma narsani yо‘qotilsa ham vaqtni yо‘qotmaslik borasidagi hayotiy haqiqatlari borasida aytilgan.Aniq hisob-kitob, tejamkorlik, mas’uliyat va har bir ishni о‘z vaqtida va о‘z meyorida bajarilishini ta’minlash boshqaruvning nemis modeliga taalluqli.
.Har bir xalqning milliy-madaniy qadriyatlari bir-biriga о‘xshamaydigan, har xil bо‘lganidek, boshqaruv tizimi tamoyillari va uslublari ham bir-biridan boshqachaligi bilan farqlanadi.Mana shu sabab davlatning kelib chiqishi, milliy va mental omillarning boshqaruvga ta’siri, boshqa davlatchilik jarayonlaridan tubdan farq qiladigan model esa xitoy modelining о‘ziga xosligidadir.
Tadbirkorlik, ratsionalizm, inqilobiy sakrashlarsiz , tinch yо‘l bilan masalaga yondashish tamoyillarini ilgari surgan, xalqning turmush darajasiga keskin ta’sir qiladigan soliqlar tizimini isloh qilish, ishchilar malakasini oshirib kasbning boshqa yо‘nalishlariga yо‘llash, faqat kuchli ijtimoiy siyosatga ega bо‘lgan davlatchilik sistemasini shakllantirish boshqaruvning shved modeliga zamin yaratdi. Shu sababli ham boshqaruvning shved modeli jahon tajribasiga milliy manfaatlar himoyachisi sifatidagi model sifatida kirib kelgan.
Kо‘rinadiki, boshqaruv modellarining shakllanishi, rivojlanishi va taraqqiy topishi XX asrdan boshlangan va davlm etmoqda.
Ishchi xodimlarning malakasini oshirish, bir yо‘la turli kasblarga bо‘lgan qiziqishlarini oshirish borasidagi amerikalik olim Frederik Teylorning “teylorizm” ta’limoti 1885-1920 yillarda ayniqsa rivoj topdi va Teylorning mehnatni ilmiy tashkil etish yoki ilmiy boshqaruv maktabi nomini oldi.
Mehnat samaradorligini oshirish boshqaruv tizimining birinchi va asosiy maqsadi ekanini amalda isbot qilgan fransuz olimi Anri Fayolning 1920-1950 yillardagi ta’limoti ma’muriy boshqaruv maktabi sifatida tan olindi.
Mehnat faoliyatining asosiy maqsadi ishchilar ta’minotini yaxshilash, xodimlar manfaatlari, ularni rag‘batlantirishning turfa yо‘llarini izlab topish,rag‘batlantiruvchi omillarning kо‘pligi ishchilar mehnati natijadorligini ta’minlaydi degan aqidaga asoslangan, 1924 yildan boshlab rivojlana borgan insoniy munosabatlar maktabi amerikalik psixolog Elton Meoga tegishli.
Boshqaruv jarayonlarida matematik modellarning yuzaga kelishi, miqdoriy yondashuv ta’limotining 1950 yildan beri keng targ‘ib etila boshlashi ham boshqaruv nazariyasining muhim elementlaridandir.
Bu ta’limotlar haqida professor A.Haydarovning “Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari” о‘quv qо‘llanmasida yanada batafsilroq bilib olish mumkin.
Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimini ilmiy nazariy asoslarini tahlil qilgan kо‘plab olimlarning tadqiqotlarini о‘rganish hamma vaqt fanning asosiy masalalaridan hisoblangan. Boshqaruv nazariyasi asoschilarining faoliyatlari bunga misol bо‘la oladi. Sohada о‘ziga xos ibrat maktablarini yaratgan amerikalik muhandis – tadqiqotchi Frederik Teylor va fransuz olimi Anri Fayol oli borgan tadqiqotlar mana qancha zamonlardan beri о‘z qimmatini yо‘qotgan emas. Masalan Frederik Teylor boshqaruv nazariyasi bilimdonlari Ford, Gilbert, Emersonlar qatorida boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yо‘nalishi “klassik” (an’anaviy) maktabini yaratganlardan biridir.

Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin