Yangi pedagogik texnologiyalarning foydalanish
Sohibqiron Amir Temur Tarag‘ay Bahodirning dunyoning 27 davlatida о‘rnatgan adlu imon tamoyillari aks etgan aideosyujetlarni topib, amaliy mashg‘ulotda talabalarga havola etiladi.
Movoraunnahrda buyuk temuriylar shajarasi, keyinchalik Hindistonda amal qilgan buyuk boburiylar davlati boshqaruv san’atiga doir madaniyat va san’at asarlari haqida ma’lumot beriladi.
Interfaol metodlardan foydalanish, aqliy hujum, fikriy hujum, blits-sо‘rov,yozma va og‘zaki davra suhbati,tushunchalar asosida matn tuzish.
Klaster usulidan foydalanib madaniyat va san’at sohasi tizimiga qо‘yiladigan talablarni aniqlash.
Amaliy mashg‘ulotni taqdimot (prezentatsiya) shaklida olib borish, mavjud slaydlarning mazmun –mohiyatini chuqur tushuntirib berish.
О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun materiallar
Nazorat savollari.
1.Amir Temurning adolat tamoyillari haqida nimalarni bilasiz?
2.Davlatni boshqarishning tо‘rt tamoyilini sanab bering.
3.Rahbarlikning 12 qoidasi, 12 asosiy qat’iyat о‘zida nimalarni mujassamlashtirgan.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
8-mavzu.“Respublika oliy Madaniyat va san’at muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini о‘tkazish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qarori iqtidorli talabalar uchun ulkan imkoniyat .(2 soat)
Reja
1.2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy Madaniyat va san’at muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini о‘tkazish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqadigan vazifalar.
2. Qarorga asosan (alohida iqtidor talab qiladigan madaniyat, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi 18 ta’lim yо‘nalishiga test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar haqida) mazmun-mohiyati.
Darsning maqsadi, vazifasi.
О‘zbekiston mustaqil davlat bо‘lib shakllangandan beri tarixda birinchi marta joriy etilgan ijodiy imtihonlarning yosh iqtidor egalariga bergan katta imkoniyatlari xususida talabalarga tushuntirish berish.
Mazkur imkoniyatning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti misolida ishonarli misollar bilan bayon etib berish.
Ma’lumki, Prezidentimizning 2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy Madaniyat va san’at muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini о‘tkazish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-2018 о‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab qiladigan madaniyat, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi 18 ta’lim yо‘nalishiga qabul qilish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirilishi madaniyat va san’at sohasi ixlosmandlari bо‘lgan yoshlar uchun ayni muddao bо‘ldi.
Unga kо‘ra О‘zbekiston davlat konservatoriyasi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy dizayn va rassomchilik instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida ijodiy imtihonlar joriy qilindi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida jahon tajribasidan kelib chiqib, “Kutubxona axborot faoliyati” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘quv reja va malaka talablari qaytadan ishlab chiqildi.Teatr san’atiga berilayotgan e’tibor, Prezidentimizning soha xodimlari bilan uchrashuvlardagi takliflari asosida “Aktyorlik san’ati” (faoliyat turlari bо‘yicha) maxsus sirtqi bо‘limi tashkil etildi.”Kasb ta’limi (faoliyat turi bо‘yicha)”, “Vokal ijrochiligi”, “San’atshunoslik” (turlar bо‘yicha),” “Aktyorlik san’ati” (turlar bо‘yicha), “Rejissyorlik san’ati” (turlar bо‘yicha),” Xalq ijodiyoti” (turlar bо‘yicha) yо‘nalishlari bо‘yicha kirish imtihonlari ijodiy sinovlar tarzida о‘tkazildi.Jarayonni har tomonlama о‘tkazish maqsadida taniqli san’atshunos olimlar, teatr san’ati ustalari, О‘zbekiston xalq artistlari baholadilar va mamlakatimiz tarixida birinchi marta ijodiy imtihonlar haqiqiy iste’dodlarni saralab berdi.
Dostları ilə paylaş: |