O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

 
Nazorat uchun savollar:
1. Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati yoritib bering. 
2. Kasbiy tanlovga qanday omillar ta‘sir etadi?
3. Kasbiy tanlov psixologik tomonining asosiy vazifalari qanday? 
4. Kasbiy tanlov jihatlarini yoritib bering. 
5. Odamlar muloqotida bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar 
tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida qanday o‘zgarishlar paydo bo‘ladi? 
6. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi 
nimada? 
7. Kasbga yo‗naltirish tizimi qanday tizimchalardan iborat? 
 
 


226 
VIII - BOB. KASBIY FAOLIYATNING INDIVIDUAL USLUBI 
8.1. Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmuni 
Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo‗ladigan va hayot 
faoliyati davomida muhim o‗rin tutadigan ―Men kimman?‖ degan ongli savolga 
asosiy e‘tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy o‗sishga, ishning sifatini ortishiga, 
izlanishlardagi 
kashfiyotlarga, 
qaror 
qabul 
qilishdagi 
egiluvchanlikka 
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri 
bilan chambarchas bog‗liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot 
jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon 
bo‗lishining muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni 
anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o‗z sha‘niga ega bo‗lish 
uchun, raqobatda sinmaslik uchun, farovon kelajakni ta‘minlash uchun mutaxassis 
doimiy rivojlanishda bo‗lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o‗zining 
mavqeini tahlil qilib borishi lozim. Kasbiy sifatlar muammosiga qiziqishlarning 
ortishiga qaramasdan, bu fenomenning tabiati, tuzilishi, dinamikasi va funksiyalari 
haqidagi savollar bir qancha chalkashliklarga egadir. Bunga asosiy sabab bu 
muammoning, ayniqsa, shaxs umumiy tuzilishida kasbiy sifatlar o‗rnida 
qo‗llaniluvchi ijtimoiy sifatlarni kam o‗rganilganligi bilan bog‗liqdir. Kasbiy 
sifatlar muammosini tadqiq qilish uchun eng avvalo bu voqelik shaxs sifatlari 
tizimida qanday o‗rin egallashini, qolaversa, shaxsning kasbiy va ijtimoiy o‗z-
o‗zini anglashida qanday rol o‗ynashini tushunib olish lozim.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin