O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

8.3. Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari. 
Tarixiy-mazmun jihatdan 1940 yillar boshiga kelib, xodimlarning 
psixofiziologik xususiyatlari va psixik jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan 
tadqiqotlarda uning shaxs xususiyatlarini qayd etish mumkin. XX asrning oxirgi 
o‘n yilligida ikki asosiy yondashuvni ikkiga ajratish mumkin bo‘lgan psixologiya 
tarmoqlari doirasida shaxsning shunga o‘xshash tadqiqotlarini jadalligi ayniqsa


233 
oshdi. Rossiya psixologiyasida birmuncha keng yoyilgan birinchi yondashuv 
xodimning alohida individual psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini, kompleks 
kasbiy muhim sifatlarni ularning o‘zaro aloqasini va kasbiy faoliyat jarayonini 
muvaffaqiyatiga ta‘sirini o‘rganish bilan bog‘liq. Odatda tadqiqotchilar shaxsning 
kasbiy muhim sifatlari kontseptsiyasiga tayanadilar. 

Respublikamizda tashxisning bunday metodikalarini yaratishda ma‘lum 
tajriba to‘plangan. Masalan o‘quvchilarni psixologik o‘rganish metodikasi 
(Tokareva V.A, Aytmetova S.Sh.) shaxsni o‘rganish metodlari (M.G.Davletshin 
tahriri ostida B.Qodirov va K.Qodirovlar) o‘quvchilarni kasb tanlash vazifalarini 
hal etish uchun tashxislash metodlari, R.Z.Gaynutdinov rahbarligida yaratilgan 
turli kasblar uchun asosli professiogrammalardir. 

O‘zbekistonda kasbiy orientatsiya ishi tajribasi bir necha marta 
umumlashtirilgan «Yoshlarni kasbga yo‘naltirishni takomillashtirish muammolari» 
Respublika konferentsiyasi, mehnat ta‘lim-tarbiyasi va kasbga yo‘naltirishni 
takomillashtirish masalalari bo‘yicha konferentsiya, «Yoshlar o‘rtasida kasbiy 
ishlarning psixologik jihatlari» simpoziumi, qishloq yoshlari orasida ommaviy 
kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy amaliy 
konferentsiya, respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi va boshqalarni misol 
tariqasida keltirib o‘tish mumkin. 

«Inson-kasb-ishlab chiqarish muhiti» tizimi o‘z-o‘zicha ko‘p bosqichli, ko‘p 
qirrali juda murakkab bo‘lib, respublikamizda ushbu tizimda davlat miqyosida 
inson omiliga g‘amxo‘rlik qilinadi. Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati har 
tomonlama rivojlangan shaxs fuqaroni uzluksiz ta‘lim tizimi orqali tarbiyalashni 
ko‘zda tutadi.

Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish muammolarini o‘rganish ham 
fundamental ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi. O‘z-o‘zini 
anglashning chegaralanganligi bu-erkinlikni chegaralanishi hisoblanadi. Agarda 
mutaxasis o‘zini chuqur bilsa, boshqalarni ham chuqur tushuna oladi. Shaxsiy 
ma‘suliyatlilikni qabul qilish ham muhim sifatlardan hisoblanadi. 

Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji 


234 
va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan 
shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama 
kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu 
muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli 
ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. 

Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida 
psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy 
shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy 
qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ 
faoliyatga yo‘naltirilganligidadir.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin