O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


vositali tarzda aks ettirish



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

vositali tarzda aks ettirish
dir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning 
ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‗lishi bilan 
inson ichki, barqaror o‗zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. Tafakkurning 
o‗ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u 
yoki bu vazifani bajarish bilan bog‗liqligidan iborat. Tafakkur muammoli 
vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‗lgan savolga javobdan boshlanadi. 
Tafakkur muammosini ko‗rib chiqqan A.A.Smirnov tafakkur va 
aqliy 
jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishi
ni tafovutlash zaruriyati haqida 
ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng 
foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam 
ko‗rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‗zgacha bo‗ladi. 
Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‗z oldimizga hech qanday maqsad 
qo‗ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon 
ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‗langan 
bo‗ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‗p hollarda inson 
toliqqan bo‗lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin 
xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‗ylar o‗tishini kuzatgansiz. Mana shu o‗ylar 
ma‘lum assotsiatsiyalarga kiradi. 
Tafakkurning alohida muhim o‗ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan 
uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, 
hatto, nutq tovush shakliga ega bo‗lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda 
ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‗z ifodasini topadi. Biz doimo so‗zlar 
orqali fikr yuritamiz. 
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‗lgan yashirin, 
tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‗lib hisoblanadi. 
Nutq tafakkur qurolidir. Ma‘lum fikr so‗zlar bilan ifoda etilganida tafakkur 


244 
jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‗z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy 
maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan 
iborat bo‗lgan murakkab jarayon. 
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‗oyalar harakati. Uning 
natijasi obraz emas, balki ma‘lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‗nalishli-
tadqiqiy, qayta o‗zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‗lgan harakatlar va 
muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‗lgan nazariy va amaliy
faoliyat.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud:
fahm-farosat
– abstraksiyalardan 
foydalanish o‗zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‗ladigan oddiy 
tafakkur, sog‗lom fikr, tafakkurning boshlang‗ich darajasi, uning mantiqiy 
mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‗rganadi, bu aniq, izchilliklik 
bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‗g‗ri tuzish, dalillarni qat‘iy tizimlashtirish, 
tasniflash layoqati; 
aql
(dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‗llash va ular 
tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‗lgan nazariy bilishning oliy 
darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-
qarshiliklarini anglab etadi.[2]

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin