O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

 
Nazorat uchun savollar:
1.
Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmun mohiyati nimadan iborat? 
2.
Kasbiy sifatlarning qaysi olimlar tomonidan o‗rganilgan? 
3.
Qobiliyat tushunchasini yoritib bering. 
4.
Muxandis-texnik xodim faoliyatiga xos qobiliyatlarni yoritib bering. 
5.
Kasbiy sifatlar olimlar tomonidan qanday tahlil qilinadi? 
6.
Professiogenez konsepsiyasining muallifi Ye.P.Yermolaeva kasbiy 
sifatlar nimaga bog‗liqligi haqida ta‘kidlab o`tgan? 
7.
I.P.Pavlov 
tomonidan 
ishlab 
chiqilgan 
tipologiyani 
qanday 
tushuntirish mumkin? 
8.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi nimalarga bog‗liq? 
 
 


242 
IX - BOB. TAFAKKUR. INTELLEKT. NUTQ 
9.1. Tafakkur, uning xususiyatlari, shakllari va turlari. 
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‗zini turli xil faoliyatlarni 
bajarish va bu ob‘ektlarga ta‘sir ko‗rsatgan holda ma‘lum bir ijtimoiy va shaxsiy 
ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‗rganadi. Sezgi, idrok va 
tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‗rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda 
insonga aniq bir ob‘ektlar va ularning bevosita o‗rganiladigan xossalari haqida 
ma‘lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob‘ektiv 
reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam 
hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch 
ahamiyatga ega bo‗lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: 
«yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat 
natijasida nima hosil bo‗ladi?»dan iborat. 
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, 
tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning 
mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‗zgartirishdan 
iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni 
ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. 
Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‗liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt 
va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur 
jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‗tish sodir bo‗ladi. 
Shunday qilib, 
tafakkur
ni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks 
ettirish sifatida ta‘riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri 
umumlashtirish
dan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks 
ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‗tmish avlodlarining ham 
tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‗zaki va 
yozma nutqda (o‗qituvchilar ma‘ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) 
Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‗plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi. 
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, 
chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va 


243 
munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli 
xildagi vositalardan foydalanadi. 
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta‘sir 
ko‗rsatmay, ko‗pchilik hollarda asboblar ko‗magida olingan qo‗shimcha belgilar 
yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin