238
Layoqat-q
obiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon
bo‗ladigan miya tuzilishining sezgi a‘zolariga va funksional xususiyatlariga
aytiladi.
Talant
yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma‘noni
anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini
ta‘minlaydigan qobiliyat hamda iste‘dodlar majmuasidan iborat individual
xususiyatdir.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi quyidagilarga bog‗liq:
Birinchidan,
ma‘lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va
faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash
yo‗li bilan,
Ikkinchidan
mutaxassis (musiqachi, artist, rassom va hokazo) rahbarligida
tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va
rivojlantirish yo‗li, bilan
Uchinchidan,
umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‗li bilan
borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni еngil va samarali
o‗zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo‗yicha ko‗nikma va malakalarni hosil qilishni
ta‘minlasin.
To„rtinchidan,
o‗quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni
jadallashtirishni ta‘minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‗li bilan.
Beshinchidan,
shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‗li bilan borish
kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
puxtalik, qat‘iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1)
qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi
qobiliyatiga matematik ob‘ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib
idrok qilish matematik materialga o‗ziga xos «yig‗ma» analitik-sintetik ishlov
berish qobiliyati qayd qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: