O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Amaliy qobiliyat
praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-
farosatning kuchliligi, iroda va еtuk kirishuvchanlikni o‗z ichiga oladi. 
Matematik qobiliyat
matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza 
yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani 
idrok qilish bilan natijasi o‗rtasida aloqa o‗rnatish, to‗g‗ri va teskari fikr 
yuritishdagi еngillik, unumlilik, masala еchishda fikr yuritishni epchilligi kabilar. 


237 
Adabiy qobiliyat
nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada 
yorqin ko‗rgazmali obrazlarning jonligini, «til zehni», behisob xayolan ruhiyatga 
qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. 
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‗lib, nazariy 
qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‗ladi.
O‗quv qobiliyatlari bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirish, shaxs – 
shakllanishi, pedagogik ta‘sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‗ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma‘naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi 
g‗oya, kashfiyot va yangiliklar еchishda namoyon bo‗ladi. 
Rus olimi I.P.Pavlov o‗z ta‘limotida «badiiy», «fikrlovchi», «o‗rta» tiplarga 
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab 
beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va 
ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‗g‗risidagi ta‘limotga asoslanadi. Birinchi 
signallar tizimi obrazlar, emotsiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar 
haqida so‗zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov 
tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi.
I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan tipologiyani quyidagicha 
tushuntirish mumkin:
1)
 
shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik 
qilsa, bu inson 
«badiiy»
tipga taaluqlidir; 
2)
 
mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‗lsa, bu shaxs 
«fikrlovchi»
tipga mansubdir; 
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‗lsa (birortasining ustunligi 
sezilmasa) bu inson 
“aralash
‖ tipga mansub odamdir; 
I.P.Pavlov tipologiyasining o‗ziga xos tomonlari quyidagilarda namoyon 
bo‗ladi: 
«
Badiiy tip»
uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, his-
tuyg‗ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi 
xosdir.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin