246
yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar
tomonidan aniqlangan va
tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan
tayyor bilimlardan
foydalanamiz.
Obrazli tafakkur
– bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir
turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‗pincha tafakkurning
bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi odamlarda ustun bo‗ladi.
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi,
lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‗z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi
olamni aniq va sub‘ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali
va obrazli tafakkurlar bir-birini to‗ldiradi.
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
obrazlarni qo‗llash bilan bog‗liq. Bu tafakkur
odam biror masalani
echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi
tasavvurlarni
tahlil qilishida, qiyoslashtirishida,
umumlashtirishida namoyon
bo‗ladi.
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur
– mohiyati
real jismlar bilan amalga
oshiriladigan amaliy o‗zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‗lgan tafakkurning alohida
turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi
mehnat bilan mashg‗ul bo‗lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi
Dostları ilə paylaş: