O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‗ich hukmlar  xulosa dalillari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

xulosa
deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‗ich hukmlar 
xulosa dalillari
deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma‘lum, 
va ushbu modda slanets bo‗lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida 
xulosa yasash mumkin. 
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli 
sillogizm
hisoblanadi. Masalan: 
«barcha metallar – elektr o‗tkazuvchi. Qalay – metall bo‗lgani uchun, qalay – 
elektr tokini o‗tkazadi». 
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan foydalanadi. 
Induksiya
– bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib chiqarish, ayrim 
dalillar va hodisalarni o‗rganish asosida umumiy qoidalar va qonunlar o‗rnatish 
usuli. 
Deduksiya
– bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib 
chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni 
bilish. 
9.2.Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari 
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‗ziga xos aqliy opersiyalar vositasida 
o‗rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya 
va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi. 
Analiz
– bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, 
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‗i, tirgaklari, g‗aladonlari va 
boshqalarga bo‗lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga 


249 
kiritilganida analiz 
amaliy
, va nazariy holatda 
aqliy
bo‗ladi. 
Sintez
bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. 
Xuddi shunday, o‗quvchi biror mavzuni o‗rganishda matnning hammasini o‗qib 
chiqadi, so‗ngra esa alohida ma‘noga ega bo‗lgan qismlarni ajratadi, ya‘ni matnni 
tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‗ladi. 
Taqqoslash
– bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‗rtasidagi 
o‗xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‗p 
tomonlama (to‗liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‗lishi mumkin. 
Umumlashtirish 
– jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli 
belgilari bo‗yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‗ri, o‗rik va 
h.k.lardagi o‗xshash belgilar «mevalar» so‗zi bilan ifodalanadigan yagona 
tushunchada namoyon bo‗ladi. Sodda umumlashtirishlar ob‘ektlarni alohida, 
tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish 
murakkab bo‗lib hisoblanadi, bunda ob‘ektlar turli asoslarga ko‗ra birlashtiriladi. 
Abstraksiya
– bu jism va hodisalarning muhim bo‗lgan xossa va belgilarini 
fikran ajratib, bir vaqtning o‗zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda 
ko‗rsatish. Xuddi shunday, mas‘uliyatlilik hissi haqida so‗z yuritganimizda, biror-
bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati 
sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi. 
Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa 
tushunchalar yuzaga kelgan. 
Aniqlashtirish
– bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga 
fikran o‗tish. O‗quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, 
nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir. 
Jism va hodisalarni

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin