250
ma‘lumotning taqchilligi, sub‘ektning aqliy faolligi yordamida engib o‗tish zarur
bo‗lgan ma‘lum bilish to‗siqlari, qiyinchiliklarning
yuzaga kelishi bilan
xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati
sintez orqali
tahlil qilish
: ob‘ektni boshqa ob‘ektlar bilan taqqoslash
vositasida unda yangi
xossalarni ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob‘ektdan, yangi mazmun yig‗ib
olinadi, u har safar o‗zining boshqa tomonlari bilan o‗girilgandek bo‗ladi, unda
yanada yangi xossalar namoyon bo‗ladi» (s.l. rubinshteyn).
3.
Tafakkurning
asoslanganligi
: har bir dalil, har bir hodisa o‗tmishdagi
dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir
bo‗lmaydi. Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‗zaro
bog‗langan bo‗lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi.
Har bir
xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‗lishi kerak.
4.
Selektivlik
(lot. – tanlash, tanlanish) – ma‘lum vaziyat uchun zarur bo‗lgan
bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‗lgan holatlarni chetlab o‗tgan holda
ularni muammoni hal etishga safarbar qilish.
5.
Antitsipatsiya
(lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‗ra
bilish, oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‗ra bilish,
ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini
tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
6. Tafakkur
refleksivligi
. Fikrlovchi sub‘ekt doimiy refleksiya holatida
bo‗ladi, o‗z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‗zini baholash
mezonlarini ishlab chiqadi.
Refleksiya
deb sub‘ektning o‗zini aks ettirishi bilan
birga muloqotda bo‗ladigan sheriklarini ham o‗zaro aks ettirishiga aytiladi.
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o‘zining
individual xususiyatlariga
ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Odatda
tafakkurning
individual
xususiyat-lari,
sifatlariga
bilish
faoliyatining
mazmundorligi,
mustaqillik, epchillik, samaradorlik,
fikrning kengligi, tezligi,
chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: