266
9.4. Nutq va uning turlari
Insonning hayvonot
olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va
ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy
xususiyatlardan biri nutq
deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi.
Nutq
– bu
odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish
malakasiga ega bo‗lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o‘rni.
Til va nutqning psixologik rivojlanish yo‘lida tutgan o‘rni beqiyosdir.
Nutqning paydo bo‘lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham
rivojlana boshlaydi. Masalan,
qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e‘tibor
kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi.
Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib,
boshqa
psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq‘lab turadi. Inson onggidagi
tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, inson fikrlash faoliyati – nutqiy tafakkurni paydo qiladi.
Nutqning
rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Nutq o‘z navbatida tashqi, ichki, og‘zaki, yozma dialog va monolog
ko‘rinishlarida bo‘ladi. Nutq o‘zaro munosabat va
muloqotda eng asosiy qurol
hisoblanadi.
Muloqot- bu odamlar o‘rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir
biriga bo‘lgan ta‘siri paydo bo‘ladi. Muloqot davomida odamga nisbatan extiyoj
tug‘iladi. Muloqot tufayli odamlar turli xil amaliy
va nazariy faoliyatlarni
uyushtiradi. Bundan tashqari axborot almashish, bir-birini tushinish kabi jarayonlar
ham muloqot tufayli sodir bo‘ladi. Shuningdek , muloqot shaxslar o‘rtasidagi
munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo‘llashdayordam beradi.
Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud.
Til
– bu odamlar uchun
ma‘lum ma‘no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini etkazuvchi shartli
ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, odamlarning ijtimoiy
ongida ularning ijtimoiy
turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-
tarixiy rivojlanish mahsuli bo‗lib hisoblanadi.
Tilning noyob hodisaviyligi
267
shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo‗ladigan tarkib topgan tilga ega
bo‗ladi va rivojlanish jarayonida uni o‗zlashtirib boradi.
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning
leksik tarkibi
deb
ataluvchi ma‘nodor so‗zlarning ma‘lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so‗z
va so‗z birikmalari turli shakllarining ma‘lum tizimidan iborat bo‗lgan til
Dostları ilə paylaş: