O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

majmuiy 
kinetik nutq
bo‗lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan 
bog‗langan bo‗lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo‗lgan. Majmuiy 
kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma‘lumot etkazishning sodda tizimiga 
aytiladi. 
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin 
mehnat faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya‘ni, ularning 
jestlar
ga aylanishi bilan bog‗liq. Harakatlarning nutqiy va mehnat harakatlariga 
bo‗linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo‗ldi. Natijada 
maxsus 
qo‘l bola til
va 
qo‘l
(kinetik) 
nutqi
paydo bo‗ldi. Shunday qilib, odam 
qo‗li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo‗lib qoldi. 
Tovushli nutqqa o‗tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo‗lishi 
mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi bo‗linishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan. Qo‗l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar alohida
tushunchalar
tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo‗lgan talab paydo bo‗ldi. 
Muloqot jarayonida qo‗l imo-ishoralari ma‘lum mujmal tovushli ovoz bilan 
birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt 
o‗tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o‗z zimmalariga oldilar, bundan 
tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta‘minlab berdilar. Shunday qilib, nutq va til 
yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko‗tarildilar. 
Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So‗zlar, birlamchi, qo‗l imo-
ishoralari kabi juda umumiy, noaniq ma‘noga ega edi. Bir xil so‗z mazmuni 
turlicha bo‗lgan jismlarni belgilashda qo‗llanilishi mumkin edi (ibtidoiy 
polisemantizm). Ilk so‗zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish 
mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo‗lgan. Ularda yashirin ma‘no, 
jumlalar bo‗lmagan. Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma‘lumotni 
etkazishdagina ishlatilgan. So‗ngra mehnat ta‘sirida so‗z ma‘nolari rivojlana 


269 
borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‗lgan tilning 
shakllanishiga olib keldi. 
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi 
yozuv
ning yaratilishidir. Yozuvli nutq 
og‗zaki nutq kabi o‗z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o‗tdi. Dastlab yozuv 
belgilari paydo bo‗ldi, keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo‗lishi bilan yozuv 
belgilari tovushlar ma‘nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi 
zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi 
Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo 
bo‗ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Nutq 
yaxlitligicha ong tomonidan boshqariladi. Ongning asosiy vazifasi – turmushni 
anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar: ular turmushni, 
belgilagan holda aks ettiradilar. 
Til va nutq o‗zaro farqlanadilar. Til – muloqot vositalarining qat‘iy me‘yoriy 
tizimi, nutq esa – muloqot jarayonida fikr va hissiyotlarni etkazish uchun 
qo‗llanma. Til uni qo‗llaydigan odamlar uchun bir xildir, nutq individual tarzda 
o‗ziga xos bo‗ladi. Nutqda alohida olingan odam yoki odamlar jamoasining 
psixologiyasi ifodalanadi, til esa o‗zida halq psixologiyasini ifodalaydi. 
shu bilan birga, nuq va tilning o‗zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma‘lum 
tilsiz nutq bo‗lmagani kabi, nutqda qo‗llanmaydigan til ham bo‗lmaydi. 


270 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin