O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

faol
va 
sust
bo‗lishi mumkin. Nutqning faol shakli – 
bu so‗zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon bo‗ladi. Gap 
shundaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada, ichimizda 
so‗zlovchining so‗zlarini takrorlaymiz. Odamlar faol va sust nutq shakllarining 
rivojlanish darajasiga ko‗ra ajratiladilar. Ko‗pincha odam boshqa odamning nutqini 
yaxshi tushunadi, lekin o‗zining fikrlarini etkazib berolmaydi. Va, aksincha, odam 
etarlicha yaxshi so‗zlab berishi mumkin, lekin boshqalarni tinglashni umuman 
bilmaydi. 
Nutqning boshqa turi 
yozma
nutq hisoblanadi. Yozma va og‗zaki nutqlar 
o‗rtasida psixologik tafovutlar mavjud. Og‗zaki nutqning yozma nutqdan farqlaridan 
biri og‗zaki nutqda so‗zlarning qat‘iy ravishda ketma-ket kelishi, bir so‗z talaffuz 
etilganida undan oldin kelgan so‗z na so‗zlovchi va na tinglovchi tomonidan idrok 
qilinmasligidan iborat. Yozma nutqda boshqacharoq: yozayotgan ham, o‗qiyotgan 
ham o‗zlarining idrok maydonlarida bir vaqtning o‗zida so‗zlar qatoriga ega 
bo‗ladilar, ehtiyoj tug‗ilgan vaziyatlarda esa bir necha satr yoki sahifa orqaga 
qaytishlari mumkin. Yozma nutqning og‗zaki nutq oldidagi afzalligi shundan iborat. 
Yozma nutqni ixtiyoriy ravishda tuzish mumkin, chunki yozganlaringiz doimo ko‗z 
oldingizda bo‗ladi. Shu bilan birga, yozma nutq murakkab nutq shakli bo‗lib 
hisoblanadi, chunki u avvaldan o‗ylab iboralar tuzish, mulohazalarni aniqroq bayon 
etishni talab etadi, negaki, unga emotsional tus berib, zarur imo-ishoralar bilan 
amalga oshira olmaymiz. 
Nutqning yana bir – 
kinestetik 
shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda o‗tmish 
davrlardan buyon saqlanib qolgan. Vaqt o‗tishi bilan nutqning ushbu turi o‗z 
vazifalarini yo‗qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali tarkibiy qismlari 
– imo-ishoralar sifatida qo‗llaniladi. 
Lekin odamlarning kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo‗lib 
sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo‗lib tug‗ilgan yoki baxtsiz 
hodisa yoki kasallik natijasida so‗zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum bo‗lgan 
odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi qadimgi kinestetik 


273 
nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy etgan bo‗lib, belgili daraklarning 
yaxlit tizimiga ega. 
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo‗linishining yana bir umumiy 
ko‗rinishi mavjud. Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv jarayonlari bilan bog‗liq. 
Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta‘minlash bilan bog‗liq. 
Og‗zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko‗rishda so‗zlovchining o‗z ichida 
nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga parchalarga 
bo‗linganlik xosdir, u vaziyatga bog‗liq bo‗ladi. Ichki nutq tashqi nutq asosida 
shakllanadi. 
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko‗chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq 
tuzilishining qisqarishi bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa o‗tishi 
(eksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni mantiqiy, 
hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin