O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Bilish еhtiyojlari
– bilimlarni yoki fan asoslarini o‗zlashtirishga nisbatan 
qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi. 
Bilim 
– shaxsning bilish faoliyati mahsuli, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri 
hodisalari haqidagi to‗g‗ri tasavvur hamda tushunchalar tizimidan iborat ong 
mazmuni. 
Diqqatsizlik
– diqqatni muayyan ob‘ektga yo‗naltira va to‗play olmaslik. 
Jasurlik
– shaxsiy hayot uchun xavf-xatarli bo‗lgan harakatlarni qat‘iylik 
bilan va oqilona bajarishda ifodalanadigan xarakter xislati. 
Zehn
– shaxsning maxsus qobiliyatlarining tarkib topishi va rivojlanishi 
uchun asos bo‗ladigan anatomik-fiziologik imkoniyatlari tug‗ma iste‘dod 
nishonalari. 
Zehn o„tkirlik
– yangi yoki murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni hal 
qilishning to‗g‗ri yo‗llarini tez topa olishdan iborat aql sifati. 
Intizomlilik 
– muayyan jamoaning barcha a‘zolari uchun majbur bo‗lgan 
qat‘iy tartib va xulq-atvor qoidalariga tizimli ravishda rioya qilishdan iborat 
bo‗lgan ijobiy xarakter xislati. 
Individualizm
– shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlaridan yuqori qo‗yish, 
faqat o‗zining tor manfaatlarini ko‗zlab ish tutishda ifodalanadigan salbiy xarakter 
xislati. 


289 
Individuallik 
– har bir tirik mavjudotning uni shu turdagi boshqa 
mavjudotlardan farqlantiruvchi xususiyatlari yig‗indisi. 
Individual xususiyatlar
– ma‘lum bir shaxsning faqat o‗ziga xos bo‗lgan 
xususiyatlari. 
Individual tajriba
– har bir shaxsning o‗z hayoti davomida orttirgan 
tajribasi. 
Individual munosabat
– har bir shaxsning aqliy madaniy va bilim darajasini 
yoshlik hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda muomala-
munosabatda bo‗lish. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin