282
- mehnatni gumanizatsiya qilish printsipi (tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi –
o‘zining xususiyatlari va qiziqishlari, ishini ijodiy qilish istagi bo‘lgan shaxs);
- operatorning faollik printsipi (aynan IMTdagi shaxs qaror qabul qilish uchun
mas‘ul hisoblanadi, tizimni boshqarish faoliyatini amalga oshiradi, faollik
operatorga ishlash qobiliyatini asrashga imkon beradi);
- faoliyatni loyihalash printsipi (avval inson faoliyati,
keyin texnika
loyihalanadi);
- ketma-ketlik printsipi (IMTni loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatishning
hamma bosqichlarini psixologik qo‘llab-quvvatlash);
- komplekslilik printsipi (boshqa fanlar bilan fanlararo munosabatlarni
rivojlantirish).
Muhandislik psixologiyasi murakkab texnik tizimni boshqaradigan inson-
operatorning mehnatini o‘rganadi va o‘zgartiradi. Murakkab ―Inson – mashina‖
tizimi ikkita o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, inson ob‘ektni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir qilish orqali emas,
balki masofaviy
vositalardan foydalanish orqali boshqaradi. Ikkinchidan, operator mashina va unga
ta‘sir etuvchi atrof-muhit omillari haqidagi ma‘lumotlarni bevosita emas, balki
axborotni ko‘rsatish vositalari orqali qabul qiladi.
Muhandislik psixologiyasining nazariy fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan
iborat:
- operator faoliyatini tahlil qilish, vazifalarni inson va tizimning kibernetik
qismi o‘rtasida taqsimlash;
- operatorlarning birgalikdagi faoliyatini,
muloqot jarayonlarini, axborot
almashinuvini tadqiq qilish;
- operator faoliyatiga ta‘sir qiladigan omillarni o‘rganish, ish joyini baholash,
maqbul ish sharoitlarini loyihalash;
- inson-operator faoliyatiga psixologik fazilatlarning ta‘sirini o‘rganish, uning
faoliyatini boshqarishning maqbul algoritmini ishlab chiqish, operatorning
psixofiziologik holati va ishlash qobiliyatini baholash metodikalarini yaratish.
Muhandislik psixologiyasi va ergonomika o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun
barcha psixologlar tomonidan qabul qilingan yagona mezon mavjud emas.
283
Umuman olganda, ushbu fanlarni farqlash kerakmi, degan masalada turli xil fikrlar
mavjud. Ularning har ikkisi ham ―Inson – mashina‖ tizimini o‘rganadi, inson-
operatorning ruhiy xususiyatlari bilan qiziqadi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar
muhandislik psixologiyasi va ergonomika o‘rtasidagi kichik farqlarga qaramay, bu
fanlar o‘ziga
xos xususiyatlarga ega, degan fikrga ishonadilar. Ularni farqlash
mezoni sifatida quyidagilarni qabul qilishni taklif etamiz: muhandislik
psixologiyasi ko‘proq insonga, ergonomika esa - insonning psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda texnikani loyihalashga qaratilgan (P. Ya.
Shlaen, V. M. Lvov). Shunday qilib, muhandislik psixologiyasi psixologiyaga,
ergonomika
esa texnik fanlarga, muhandislikka yaqinroq.
Turli fanlar chegarasida paydo bo‘lgan muhandislik psixologiyasi mehnat
psixologiyasi, ergonomika, mehnat gigienasi, mehnat va kasbiy ekspertiza, sud
ekspertizasi, kasbga yo‘naltirish va mehnat reabilitatsiyasi bo‘yicha tadqiqotlarni
birlashtirdi. Muhandislik psixologiyasining o‘ziga
xosligi shundaki, u gumanitar va
texnik bilimlar sohasining kesishgan joyida paydo bo‘ldi. Bir tomondan, u
psixikaning faoliyatda namoyon bo‘lishini o‘rganadigan mustaqil psixologik fan
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, texnikani loyihalashga tegishli aniq texnik va
muhandislik jihatga ega. Bu tabiatiga ko‘ra ikki tomonlama tadqiqot ob‘ekti –
―Inson-texnika‖ tizimining o‘ziga xosligidan kelib chiqadi.
Muhandislik psixologiyasi rivojlanishining birinchi bosqichida tadqiqotchilar
diqqatni inson-operator tomonidan qaror qabul qilish va axborot qabul qilishning
psixologik qonuniyatlariga qaratdilar.
XX asrning 60-70 yillarida yangi bosqich boshlandi, o‘rta hisobda o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan ma‘lum bir odamga burilish yuz berdi. Muhandislik
psixologiyasining qiziqishlar sohasi shaxs bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni
o‘z ichiga olib, umumiy, ijtimoiy va pedagogik psixologiyaning ishlanmalari
qo‘llanila boshlandi.
Dostları ilə paylaş: