O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Shaxsning tuzilishi va kasb etikasining shakllanishi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

2.4. Shaxsning tuzilishi va kasb etikasining shakllanishi.
 
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila 
sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‗zaro ta‘sirga ega bo‗lishidan 
iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. 
Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va 
ko‗nikmalarda; yo‗nalganlikda namoyon bo‗ladigan individual-tipologik 
xususiyatlarni ko‗rsatib o‗tadi. A.G. Kovalev yo‗nalganlik, xarakter, imkoniyatlar 
va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Enikeev temperament, yo‗nalganlik, layoqatlar 
va xarakterni sanab o‗tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo‗nalganlik 
tarkibini, 
ijtimoiy 
tajriba 
tarkibini, 
psixologiktarkibni 
vabiologik 
asoslangantarkibni ajratib ko‗rsatadi.[2] 
Shunday bo‗lsada, shaxs tuzilishida tarkibiy qismlarni ajratishdagi 
tafovutlarga qaramay, mualliflar o‗z yondoshuvlarida etakchi tarkibiy qism sifatida 
yo‘nalganlik
ni alohida ajratib ko‗rsatadilar. Bu tushuncha turlicha, masalan, 
«o‗sish sur‘ati tendensiyasi (S.L. Rubinshteyn), «ma‘no kasb etuvchi motiv» (A.N. 
Leontev), «dominantlik munosabati» (V.N. Myasiщev), «asosiy hayotiy 
yo‗nalganlik» (B.G. Ananev), «inson mohiyatli kuchlarini dinamik tarzda tashkil 
etish» (A.S. Prangishvili) sifatida talqin etiladi. 
Bizlar nima uchun odam harakatlari faollashganining sababini aniqlashda 
ehtiyojlar mohiyatining tahlilini o‗tkazamiz, lekin bu faollikning oqibatlarini bilish 
uchun uning yo‗nalganligi nima bilan belgilanishini tahlil qilishimiz lozim. 
Yo‘nalganlik
deb, shaxs faoliyatini yo‗naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan 
nisbatan mustaqil bo‗lgan barqaror motivlar yig‗indisiga aytiladi. Masalan, 
o‗quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko‗rib chiqilganida, uning psixologiyasi tahlilida 
barqaror
motivlarni aniqlash zarur. Mana shu holatdagina o‗smirning harakati 
tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning takrorlanish 
imkoniyatlarini oldindan ko‗ra olish, shaxs sifatlarining ba‘zilarini bartaraf etish, 
boshqalarining rivojlanishini esa rag‗batlantirish mumkin. Motivlar u yoki bu 


68 
darajada 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin