O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xayol va uning muxandis xodimlari faoliyatida tutgan o‟rni



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Xayol va uning muxandis xodimlari faoliyatida tutgan o‟rni. 
Xayol yoki 
fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, har bir kishida 
o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga 
keltirmay turib, ishga kirishib bo‘lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan 
natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar ins- tinktiv faoliyatidan tub 
farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy-adabiy, musiqaviy va, umuman, ijodiy 
faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xayol – 
inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning oxirgi va 
oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, shuningdek, muammoli vaziyat, noaniq 
holatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishini ta‘minlaydi. Shu bilan birga, xayol 
faol faoliyatni yo‘naltiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar 
hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi. 
Xayol tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Xayol ham tafakkur singari 
kelajakni oldindan ko‘rish imkonini beradi. Tafakkur singari xayol shaxslarning 
ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ularni 
qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya‘ni bu ehtiyojlarning qondi- 
rilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin. 
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol faoliyatning 
o‘rnida, uning sun‘iy aralashmasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Mana 
shunday holatda odam hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan masalalar
turmushning og‘ir sharoit- lari, o‘z xatolarining ta‘qibi va shu kabilardan qochish 
uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. 
Fantaziya 
hayotda 
gavdalanmaydigan 
obrazlarni 
yaratadi, 
amalga 
oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat dasturlarini 
belgilaydi. Xayolning bunday shakli 
passiv xayol 
deyiladi. Kishi passiv xayolni 
oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab yuzaga keltirilgan, iroda bilan 


97 
bog‘liq bo‘lmagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana 
shunday obrazlari 
shirin xayol 
deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli 
narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana shunday shirin 
xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o‘rtasidagi aloqa engil namoyon bo‘ladi. Ammo 
insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish hollari ko‘proq bo‘lsa, bu 
shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, 
u kelajakda yaxshi hayot kechirish uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, 
ko‘ngilsiz bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari to‘la qondiriladigan, istagan 
narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila olmaydigan biror mansabni 
egallaydigan soxta hayotni ko‘p xayol qiladi. 
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan turlarga bo‘lish 
mumkin bo‘lsa, 
aktiv xayolni 
ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo‘lish 
mumkin bo‘ladi. O‘z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini 
yaratuvchi xayol 
qayta tiklovchi xayol 
deb ataladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin