O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Frustratsiya 
kishi maqsadga erishish yo‘lida bartaraf etib bo‘lmaydi deb 
hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch 
kelgan hollarda yuz beradi. 
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o‘zini anglashida turli 
xil o‘zgarishlarga olib keladi. Frustratsiya holati shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, 
ya‘ni jabrlanuvchi jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmaganida, jinoyatchi ko‘zlagan 
maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to‘siqqa duch kelganida 
namoyon bo‘ladi
13

Iroda 
kishining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni 
engib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va 
o‘z-o‘zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-
atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilana- digan 
alohida turidir. Shu ma‘noda iroda to‘siqlarni engib o‘tishga qaratilgan aqliy, 
maqsadga yo‘naltirilgan psixik faollik bo‘lib, maqsadga intilishda sodir bo‘ladi va 
instinktlar manbaida shakllanadi. 
Irodaviy faoliyatda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zi 
nazorat qiladi. 
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyojlariga 
ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo 
bo‘ladi. 
Iroda o‘zaro bog‘liq ikki vazifaning bajarilishini ta‘min- laydi. Birinchisi – 
undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar. 
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta‘minlanadi. Taqiqlovchi vazifasi 
faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilov- lashda namoyon bo‘ladi. 
13
Левитов Н. Д
. Фрустрация – один из видов психических состояний // Вопросы психологии. – 
2000. – № 6. – С. 120.


102 
Kishining harakatga undovchi mayllari ma‘lum bir yo‘lga solingan tizimni – 
oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, 
to ma‘naviy, estetik va intellektual his-tuyg‘ularni boshidan kechirish bilan 
bog‘liq, yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi. 
Irodaning undovchi va taqiqlovchi funktsiyalari bir butun holdagina shaxsning 
maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta‘minlaydi. 
Odamlar qilgan ishlari uchun mas‘uliyatni kimga yuklashga moyil bo‘lishiga 
qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun 
mas‘uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy 
kuch-g‘ayratlari va qobiliyatlariga bog‘lashini belgilaydigan sifatlar 
nazoratni 
lokallashtirish 
deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» degan atama 
qo‘llaniladi, lotinchada «lokus» – «o‘rnashgan joy» va frantsuzchada «controle» – 
«tekshirish» degan ma‘nolarni anglatadi). O‘z xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi 
omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo‘ladigan 
odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi 
to‘g‘risida fikr yuritiladi. 
Muxandis 
xodimlarida 
irodaviy 
fazilatlarni 
shakllantirish 
faoliyat 
samaradorligini ta‘minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis xodimlari 
o‘z kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba‘zan xizmat 
faoliyatlarida maqsadga erishish uchun to‘sqinlik qiladigan turli to‘siqlarga duchor 
bo‘ladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va to‘siqlarni engishga 
undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari muhimdir. Irodaviy 
ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘yilgan vazifani 
bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlarni kiritish katta yordam 
beradi. 
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi: 
1)
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan 
boshlash; 
2)
qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma‘lum maqsadga erishish 
uchun amalga oshirilishini tushunish; 


103 
3)
qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi; 
4)
maqsadga erishish bosqichlarini ko‘ra olish juda muhimdir. 
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan 
boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo‘lmagan qiyinchilikni, vaqt o‘tishi bilan 
kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi o‘zining irodasini 
mashq qildiradi va chiniqtiradi. 
Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o‘rni 
beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash 
qobiliyati faoliyat samaradorligini ta‘minlovchi omillardan biri sanaladi. 
Xodimning hissiy-irodaviy turg‘unligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar 
tug‘diruvchi psixologik reaktsiyalarning yo‘qligi; 

psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato 
bajarish; 

kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga 
nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish. 
Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘z 
xatti-harakatlarini boshqara olishi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishiga 
bog‘liq. Shuningdek, muxandisxodimlarining o‘zlarini irodaviy boshqara olishi, 
murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan 
belgilanadi. Ya‘ni xodim o‘zini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yo‘q 
qilishi, o‘zida ishonch hissini uyg‘otishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun 
kuchini qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan 
sanaladi. 
Xodim o‘zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi 
uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining 
pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi 
barchaga ma‘lum. 
Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va 
usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat 


104 
faoliyatida kuchli irodaga ega bo‘lgan, o‘z hissiyotlarini boshqara oladigan, 
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o‘zining jismoniy va 
aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko‘proq muvaffaqiyatga 
erishadi. 
Shu ma‘noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham xodimning 
o‘z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining 
ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga yordam beradigan 
alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. 
Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning o‘ziga 
xos sifatlari, ya‘ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan 
mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning 
psixo- logik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib 
kelgan. 
Temperament 
lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, 
«aralashma» degan ma‘noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki 
ta‘limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) 
yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda 
Psixikaning individual jihatdan o‟ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik 
ko‟rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. 
Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya‘ni 
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, 
melanxolik) ramziy ma‘noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib 
kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan 
xarakterlanadi) 
sangvinik 
temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» so‘zidan 
olingan); limfa ko‘p bo‘lganda 
flegmatik 
temperament (grekcha 
«flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganligini 
holerik 
temperament (grek tilidagi «hola» – «o‘t» so‘zidan olingan); qora o‘t ko‘p 
bo‘lganda 
melanxolik 
temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o‘t») deb 
ataladi. 
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos 
bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. 


105 
Psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat 
bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni 
nisbatan engil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo‘lgan kishi 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin