86
kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta‘sirida axborot esda yaxshi saqlanadi.
Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya‘ni kechirilgan hissiyotlarning
qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat
yanada faollashadi.
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko‘p
hollarda ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko‘tarilishi
kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi
ahamiyati bilan emas, balki
hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq
bo‘lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»
4
.
Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq
muddatli bo‘lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo‘ladi. Har qanday
voqea-hodisa, avvalo,
birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga
tushadi.
Ishlatilish
ahamiyatiga qarab uzoq
muddatli xotira blokiga
o‘tishi mumkin.
Aks etish – reverbatsiyaning
davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab
katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira
mexanizmi hisoblanadi
5
.
Eslash va eslashga harakat qilish
bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir
tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma‘lumotlarni tiklash bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, natijadir. Eslashga harakat
qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish
natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh,
jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg‘itmaslik, savol
berib gapini bo‘lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent
qobiqni faollashtirish uchun so‘roqni erkin bayondan boshlash lozim.
Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib,
normal
fiziologik
hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma‘lumotlar
inson ongiga
qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo‘lmaydi.
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manba- larni eslay oladi.
«
Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga o‟tishni
4
Зинченко П. И
. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26.
5
Лук А. Н.
Памят и кибернетика. – М., 1999. – С. 11.
87
ta‟minlovchi ip»
6
deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi.
Me‘yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini saqlab
qoladi. Uning murakkab tomoni ma‘lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir.
Xotiraning faqat ma‘lum sharoitga aloqador qismigina zarurat tug‘ilganida
tiklanishi, ya‘ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy
ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida
doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa, esdan
chiqishi mumkin.
Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda
mashqlar bajarishni taqozo etadi:
–
odamlarning yuzlari,
tashqi qiyofasi, belgilari va xatti- harakatlaridagi
o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;
–
xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammolarni hal
etish xususiyatlarini ifodalovchi so‘zdagi axborotni eslab qolish va xotirada
saqlash;
–
qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish
va tanish;
–
o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish;
–
joy
chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va xotirada
saqlash.
Xodimlarning kasbga oid muhim ma‘lumotlarni eslab qolish, esda saqlash,
esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy xotirani
rivojlantirishga yordam beradi.
Ma‘lumotni esda saqlash printsiplari:
1)
maqsadni to‘g‘ri tanlash;
2)
axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko‘rish orqali)
turli
bog‘liqliklarni o‘rnatish.
Ma‘lumotni yodlash printsipi:
6
Dostları ilə paylaş: