O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xotira va uning muxandis xodimlari faoliyatida tutgan o‟rni



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Xotira va uning muxandis xodimlari faoliyatida tutgan o‟rni. 
Odam 
ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. 
Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi taassurotlardan 
o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba orta 
borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning 
miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning 
shakllanishi mutlaqo mumkin bo‘lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o‘zaro 
turli xil aloqalar bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va 
faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo‘ladi. 
Individning o‟z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni 
yana esga tushirishi 
xotira 
deyiladi. 
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy 
jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil 
psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha 
faoliyat bilan belgilanadi. 
Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan 
boshqalaridan ustunroq bo‘lib, fanda turli yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari 
surilganligi bilan ma‘lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining 


84 
shakllantirilishida sub‘ektning faolligi qanday rol o‘ynashiga va bunday 
faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash 
mumkin. 
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir 
bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlarini 
ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari 
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi: 
1)
faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab 
xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi; 
2)
xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
turlarga bo‘linadi; 
3)
materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra 
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) xotira qisqa muddatli, 
uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi. 
Shu o‘rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab 
qolish tavsiya etiladi: 
Anglanganlik qonuni
. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya‘ni berilgan materialni 
qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam muhrlagan 
bo‘lamiz. 
Qiziqish qonuni
. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni 
ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan 
munosabatda bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan. 
Ilgarigi bilimlar qonuni
. Ma‘lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari 
o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, siz 
ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga 
aylangandagina yangilariga zamin bo‘la oladi. 
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni
. Biror materialni eslab qolishdan avval, 
bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab 
qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak deb, muhimligini 


85 
anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi. 
Assotsiatsiyalar qonuni
. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham 
yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar 
xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, muayyan xona o‘sha erda ro‘y bergan 
hodisani ham eslatadi. 
Ketma-ketlik qonuni. 
Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni 
teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma‘lumotlarni ma‘lum tartibda 
joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga 
muvofiqdir. 
Kuchli taassurotlar qonuni
. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi 
taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin 
bo‘ladi va siz uchun ahamiyatli ma‘lumotlar oqimida eslanayotgan material ham 
yaxshi esga tushadi. 
Tormozlanish qonuni. 
Har qanday yangi ma‘lumot o‘zidan oldingi 
ma‘lumotni tormozlaydi. Oldingi ma‘lumotning o‘chib ketmasligi uchun, yangini 
esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak
3

Muxandis xodimlar faoliyatida «

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin