O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Adaptatsiya 
yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi 
ta‘siri ostida o‘zgarishi demakdir. 
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko‘rsatish mumkin: 
1.
Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta‘sir etishi jarayo- nida 
sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. Doimiy qo‘zg‘atuvchilar ta‘sir 
qilgan taqdirda sezgi yo‘qolib qolish xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga 
qo‘yilgan engilgina yuk tezdayoq sezilmaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari 
atrof- muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib 
qolishi ham oddiy bir hodisadir; 
2.
Adaptatsiya – kuchli qo‘zg‘atuvchining ta‘siri ostida sezgining zaiflashib 


82 
qolishi. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni 
sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong‘u xonadan yorqin yoritilgan 
joyga chiqqanimizda oldiniga ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak-atrofdagi biror-bir 
narsaning farqiga eta olmaydigan bo‘lib qolamiz, bir muncha vaqt o‘tgandan keyin 
esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko‘ra 
boshlaymiz; 
3.
Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta‘siri ostida sezgirlikning orti- shi ham 
adaptatsiya deb ataladi. 
Muxandis faoliyatida ham sezgining o‘rni beqiyosdir. Kasbiy sezgirlik his 
qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlantiriladi. Bu xususiyat faoliyat 
davomida shakllanib boradi. Masalan, muhandis o‘z faoliyati mobaynida mashina 
tovushidan undagi texnik nosozliklarni aniqlay boshlaydi. 
Idrok va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o‟rni. 
Idrok sezgiga 
nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha 
ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, 
egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, 
aks ettirishda ishtirok etadi. 
Narsa yoki hodisalarning sezgi a‟zolariga bevosita ta‟siri jarayonida kishi 
ongida uning aks etishi 
idrok 
deb ataladi. 
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda 
narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi. 
Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli 
o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. 
Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga 
xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. 
Muxandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat 
kasb etadigan hodisa, holat, ob‘ekt- lardan predmetli ravishda kerakli narsalarni 
ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmaydigan 
holatlardagi narsalarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan 
kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi. 
Shu nuqtai nazardan idrok muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida 


83 
muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya‘ni, muxandis xodim aniq 
ma‘lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini 
kuzatayotganda o‘rganilayotgan ob‘ekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan 
tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muxandis xodimlar 
voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning printsiplariga rioya qilishlari zarur. 
Idrok qilish tamoyillari quyidagilar: 
– 
bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish; 

sezgi a‘zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; 

o‘rganilayotgan ob‘ektga nisbatan qiziqish uyg‘otish; 
Idrok qilish printsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan
vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob‘ektdan olgan 
taassurotlarni tahlil qiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin