76
faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi
xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida bilish
jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning
muxandisfaoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.
Diqqat
individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‟naltirilganligi va bir narsaga
qaratilganligidir.
E‘tiborni ma‘lum ob‘ektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash
zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid
qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-
ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra
diqqatning uchta
asosiy turi mavjud:
–
ixtiyorsiz diqqat;
–
ixtiyoriy diqqat;
–
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
Ixtiyorsiz diqqat
kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil
bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy,
psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos
keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar
ixtiyorsiz
diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq
vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning
umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat
ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-
e‘tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy
diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma‘lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli
tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxs
uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va
77
jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib
ketish
xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy
diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan
keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish
jarayonini xotira qonuniyatlarini
yaxshi bilgan holda, uning yordamidan
foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish
uyg‘otish qonuniyatlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: