75
hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu
tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu
tizimlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir insonda turlicha namoѐn bo‘ladi.
Shaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy haѐtda faol
ishtirok etadi, uning dunѐqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha
bo‘lsa, inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunѐqarashida
individualizm printsipi ustun bo‘ladi. Kasb etikasi-har bir kasb-hunarga xos
axloqiy norma, printsip va sifatlarni o‘rganadi va haѐtga tatbiq etadi. Axloqiy
tarbiya nazariyasi-axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji
va manfaatlaridan kelib
chiqqan
holda
uni
haѐtga
tadbiq
etishning
vosita
va
uslublarini
o‘rganadi.Etika‖ning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, bir-
birini taqozo etadi va to‘ldirib turadi. Etika‖ boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar
tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. Etikaning Estetika‖ bilan munosabati ayniqsa
o‘ziga xos. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai
nazar, yaxshilik ѐki ѐmonlik (axloq) va go‘zallik ѐki xunuklik (nafosat) nuqtai
nazaridan ish ko‘radi. Ya‘ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga e‘tibor
qaratadi. Shu bilan birga, san‘at estetikaning asosiy tadqiqot ob‘ektlaridan
hisoblanadi. Har bir san‘at asarida axloqiy –tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan
g‘oyalar ilgari suriladi va san‘atkor badiiy obrazlar
orqali axloqiy ideallarni
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: