O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

 
 


114 
ا
 
III-BOB. KASB TANLASHGA YO‟LLASHNING PSIXOLOGIK
MOHIYATI VA O„SMIRLIK PSIXOLOGIYASI 
3.1. Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari. 
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, 
boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo‘lishining muhim 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o‘z sha‘niga ega bo‘lish, raqobatda sinmaslik, 
farovon kelajakni ta‘minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo‘lishi, 
qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o‘zining mavqeini tahlil qilib borishi 
lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yo‘nalishi 
shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganish 
hisoblanadi. 
 
Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o‘zi 
haqidagi, kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mavqei haqidagi tasavvurlarining 
o‘zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o‘zida tarkib toptirishi, keng ma‘noda 
aytadigan bo‘lsak – shaxsning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi bilan hamohanglikda 
kechadigan jarayondir. Kasbiy shakllanish inqirozlari davrida kasbiy sifatlar 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Kasb tanlashga yo‘llash - umuminsoniy madaniyatni shakllantirish 
jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, 
tabiat in‘om etgan (tug‘ma) layoqatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, insonga 
kasbiy o‘zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi 
bo‘lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini xisobga olgan holda, bandlik va maqbul 
ta‘lim turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo‘lgan 
ehtiyojlarda jamiyatning g‘amxo‘rligi sifatida namoyon bo‘ladi.


115 
Kasb tanlashga yo‘llashning bosh maqsadi o‘ziga xos usullar yordamida 
mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining 
samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil 
ravishda ta‘lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, 
qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan extiyojidan 
kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;
- shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik 
va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy 
jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil 
bo‘lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb tanlashga yo‘llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz kilish orkali 
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- shaxsni kasb tanlashga yo‘llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish 
shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat 
fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat‘iy 
nazar kasb tanlashga yo‘llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta‘lim turi va ishga joylashish 
imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; 
- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob‘ektivligi, maxfiyligi va 
tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
- kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga 
rioya etishligi.


116 
Kasb tanlashga yo‘llash ishlarining asosiy ob‘ekti:
- umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 1 - 11 sinf o‘kuvchilari;
- oliy o‘kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta‘limi muassasalarining 
o‘quvchilari;
- ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;
- ish qobiliyati cheklangan shaxslar.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin