O‘zbekiston respublikasi Oliy va o’rta Maxsus ta’lim vazirligi


Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbo



Yüklə 296,87 Kb.
səhifə10/14
tarix02.01.2022
ölçüsü296,87 Kb.
#37812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
dilmurot slayd psixologiya

Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.

Muloqot ishtiroqchilari o’z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg’ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. SHaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g’ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo’ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o’qib”, ya’ni “mag’zini chaqib” chiqamiz, shu yo’sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o’qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo’ladi.”(Rubinshteyn S.L. Printsipo’ i puti razvitiya psixologii. M. RSFSR. PFA nashr.180-bet).


Yüklə 296,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin