Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo muloqotga bo’lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.